UzChess – Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining shaxmat sportini rivojlantirishga qaratilgan loyihasi. Loyiha doirasida yoshlar shaxmatni noldan boshlab, bepul oʻrganishi mumkin. Loyihaga Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev va Ulugʻbek Ismatov tomonidan 2023-yil mart oyida asos solingan.

Faoliyati 2022-yilda Hindistonning Chennay shahrida boʻlib oʻtgan 44-Shaxmat olimpiadasida Oʻzbekiston terma jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Gʻalabadan soʻng Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev tomonidan shaxmatni mamlakat miqyosida bepul oʻrganish imkonini beruvchi platforma yaratish tashabbusi ilgari surildi. „UzChess“ 2023-yil mart oyida ishga tushirildi. Loyiha rahbarligiga Ulugʻbek Ismatov tayinlandi. Loyiha Oʻzbekistonda shaxmatni rivojlantirishga qaratilgan yirik loyiha hisoblanadi. 2026-yilga kelib UzChessning rasmiy YouTube kanalida 3 mingdan ortiq videokontent tayyorlangan. Videokontent 99 milliondan ziyod umumiy koʻrish ega boʻlgan. Ijtimoiy tarmoqlarda umumiy obunachilar soni 173 ming kishidan iborat. UzChess mobil ilovasi foydalanuvchilari soni yil boshida 315 000 dan 734 000 ga yetdi, unda 2 030 000 dan ortiq mashgʻulot bajarildi va 25 800 nafar foydalanuvchi sertifikat oldi.

Musobaqalar

UzChess loyihasi tomonidan oʻzbekistonlik shaxmatchilarning bilim va tajribasini yanada takomillashtirish, ularni munosib tarzda ragʻbatlantirish uchun zarur sharoitlarni yaratish, shuningdek, yosh shaxmatchilarning xalqaro musobaqalarda sport mahoratini oshirish maqsadida 2024-yilda mukofot jamgʻarmasi 166.000 AQSH dollarini tashkil etuvchi UzChess Cup 2024, 2025-yilda mukofot jamgʻarmasi 121.500 AQSH dollarini tashkil etuvchi UzChess Cup 2025 musobaqalari oʻtkazilgan. 2021-yildan 2025-yilga qadar President Cup musobaqasi tashkil etilgan.

Manbalar

Havolalar UzChess YouTube kanali UzChess Instagram sahifasi UzChess Facebook sahifasi UzChess Telegram kanali UzChess Chess.com klubi UzChess Lichess.org sahifasi