Nafiya Ceylanyar xonim ( „qimmatli“ va „gazal“; -yilda tugʻilgan – 1855-yil 27-dekabrda vafot etgan) – Usmoniylar davlati sultoni Abdulmejid I ning xotinlaridan biri.
Hayoti Ceylanyar xonimning kelib chiqishi cherkeslardan boʻlib, Sochida tugʻilgan. Uning haqiqiy ismi Nafiye boʻlgan. Nafiye xonim boʻychan, sochlari uzun va oltinrang edi. Adile Sulton tomonidan Usmoniylar imperiyasi haramiga taqdim etilgach, 1851-yilda Abdulmajidga turmushga chiqqan. Aytishlaricha, sulton Ceylanyarning raqs tushayotganini koʻrib, unga oshiq boʻlgan. Uning oilasiga yer va daromad berilgan. Shuningdek, Ceylanyar xonimga „Beshinchi iqbol“ unvoni ham berilgan. 1852-yil 31-martda u eski Çırağan saroyida oʻzining yagona farzandi, oʻgʻli shahzoda Mehmed Rushdiyni dunyoga keltirgan. Biroq bola 9 oyligida vafot etgan. Oʻsha yili unga „Toʻrtinchi iqbol“ unvoni berilgan.
1853-yil boshida Ceylanyar xonim „Uchinchi Iqbol“ unvonini, 1854-yilda esa „Ikkinchi Iqbol“ unvonini olgan.
1855-yilda Ceylanyar xonim sil kasalidan Feriye saroyida vafot etgan va Istanbuldagi Fotih masjidi Gülistu Kadın maqbarasiga dafn etilgan .
Farzandlari Ismi Tugʻilgan sanasi Vafot sanasi Izohlar Shahzoda Mehmed Rushdiy 1852-yil 31-mart 1852-yil 5-dekabr Çırağan saroyida tugʻilgan. Vafotidan keyin Abdulhamid I maqbarasiga dafn etilgan.
Yana qarang Usmoniylar sultonlarining xotinlari roʻyxati Iqbol (unvon) Usmoniylar imperiyasi harami
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:1830-yillarda tugʻilganlar Turkum:1856-yilda vafot etganlar Turkum:19-asr Usmoniylar imperiyasi shahzodalari Turkum:Abdulmajid I ning xotinlari Turkum:Usmoniylar sultonlarining joriyalari Turkum:19-asr Usmoniylar imperiyasidagi qullar Turkum:19-asrda sil kasalidan vafot etganlar Turkum:Usmoniylar imperiyasida sil kasalidan vafot etganlar Turkum:Cherkes ayollari Turkum:Rossiya imperiyasidan Usmoniylar imperiyasiga koʻchib ketganlar