thumb|175px|Fasad detallari
Tayyare kvartiralari (avvalgi nomi , keyinchalik ) – turk meʼmori Mimar Kemaleddin tomonidan loyihalashtirilgan toʻrtta binodan iborat majmua. 1922-yilda qurib bitkazilgan ushbu majmua Istanbulning (Turkiya) eski shahar qismida joylashgan. Xonadonlar dastlab yirik yongʻindan jabrlanganlar uchun ijtimoiy uy-joy sifatida qurilgan, keyinchalik esa mehmonxonaga aylantirilgan. Ilgari Ramada Hotel va keyinroq Merit Antique Hotel deb nomlangan majmua, hozirda Crowne Plaza Hotels & Resorts tarmogʻiga tegishli Crowne Plaza Istanbul Old City deb nomlanuvchi besh yulduzli mehmonxonadir.
Tarixi Tayyare kvartiralari 1918-yilda yuz bergan katta yongʻin Istanbulning eski shahar qismidagi, asosan Cibali, Altımermer va Fotih mahallalaridagi koʻplab binolarni vayron qildi. Uy-joyidan ayrilgan kam taʼminlangan yongʻin qurbonlarining bir qismi uchun turar-joy binalari qurish rejalashtirilgan edi. Mashhur turk meʼmori Kemaleddin Beyga (1870–1927) Laleli mahallasida xonadonlar loyihasini ishlab chiqish topshirildi.
Usmonli vaqflar vazirligi Laleli masjidi majmuasiga tegishli boʻlgan, 1894-yildagi zilzilada qisman vayron boʻlgan va 1911-yilda yonib ketgan Koska madrasasining boʻsh maydonini taqdim etdi. Istanbul aholisining ixtiyoriy xayriyalari hisobidan moliyalashtirilgan qurilish 1919-yilda boshlanib, 1922-yilda yakunlandi. Turk neoklassik uslubida qurilgan ushbu past qavatli inshoot birinchi qavat, mezzanin va ikki qavatdan iborat boʻlib, tom qismi bilan birga umumiy balandligi ni tashkil etadi. Majmua atriumlar bilan ajratilgan toʻrtta simmetrik, bir xil oʻlchamdagi kvadrat binolardan iborat. Tayyare kvartallari Istanbulning qadimiy devor bilan oʻralgan qismida temir-betondan qurilgan birinchi zamonaviy binolar va birinchi ijtimoiy uy-joy loyihasi edi. Majmuada jami 124 ta xonadon (uch yoki besh xonali), 25 ta doʻkon, umumiy kir yuvish xonasi va har bir xonadon uchun koʻmir omborlari mavjud boʻlgan. Dastlab majmua „Harikzedegân Apartmanları“ (Yongʻin qurbonlari uchun xonadonlar) deb atalgan. Qurilish yakunlanishi Usmonli saltanatining tugatilishiga toʻgʻri keldi va rejalashtirilgan ijarachilar koʻchib oʻta olishmadi. Yangi tashkil etilgan respublikada xonadonlar Turk aviatsiya assotsiatsiyasiga (avvalgi nomi , hozirda , THK) oʻtkazilgach, „Tayyare Apartmanları“ (Samolyot kvartiralari) deb qayta nomlandi. Bino 1985-yilgacha faqat turar-joy sifatida ishlatilgan.
Tayyare kvartallari Beyazıt maydoni va Aksaray oʻrtasidagi Ordu koʻchasida, 18-asrga oid Laleli masjidi yonida joylashgan.
Mehmonxona sifatida qayta qurilishi thumb|left|290px|Tayyare kvartallarining tramvay yoʻli tomondan koʻrinishi 1985-yilda tarixiy majmua uch yulduzli mehmonxonaga aylantirish uchun „Göksel Marine“ kompaniyasiga yigirma yil muddatga ijaraga berildi. Biroq ijarachi moliyaviy resurslarni qoplay olmadi va „Net Holding“ turizm kompaniyasi bilan hamkorlik qildi. „Net Holding“ 27 million AQSh dollari sarflab, Tayyare kvartallarini besh yulduzli mehmonxonaga aylantirdi. Loyihaga meʼmor Erdem Ertunga rahbarlik qildi. Kompaniya binoni dastlab „Ramada Hotel“, keyinchalik esa „Merit Antique Hotel“ nomi bilan boshqargan.
2000-yil noyabr oyida „Net Holding“ „Göksel Marine“ ulushlarini sotib olib, yagona operatorga aylandi. Biroq „Net Holding“ bilan yuzaga kelgan moliyaviy muammolar tufayli THK 2003-yilda, shartnoma muddati tugashidan toʻrt yil oldin ijarani bekor qildi. THK yillik ijara toʻlovi oʻsha yillardagi yuqori inflyatsiya va devalvatsiya tufayli zarar keltirayotganini daʼvo qildi. Dastlabki 400 million turk lirasi 760 000 AQSh dollariga teng boʻlgan boʻlsa, 2003-yilga kelib bu qiymat atigi 30 000 dollarni tashkil etdi. „Net Holding“ 2004-yil avgustida binoni tark etishga majbur boʻldi. 2005-yil noyabr oyida „Naz Giyim“ toʻqimachilik kompaniyasi yillik 3 million dollar toʻlov bilan yigirma yilga yangi ijarachiga aylandi.
Crowne Plaza Istanbul Old City "Naz Textile" mehmonxona brendini oʻzgartirish uchun Crowne Plaza tarmogʻi bilan shartnoma imzoladi va taʼmirlash ishlarini boshladi. Keyinchalik kompaniya Tayyare kvartiralarini ijara huquqini 25 million yevroga „Dorak Tour“ kompaniyasiga oʻtkazdi.
2008-yil 26-mayda, qariyb uch yillik taʼmirlash ishlaridan soʻng, majmua besh yulduzli Crowne Plaza Hotel Istanbul Old City sifatida oʻz eshiklarini ochdi. Umumiy maydoni boʻlgan mehmonxonada 265 ta lyuks xona, VIP zal, majlislar zallari, 70-150 kishilik atrium zallari, turk va xalqaro oshxona restoranlari hamda sogʻlomlashtirish klubi mavjud.
Mehmonxona Grand Bazar, To‘pqopi saroyi, Sulton Ahmad masjidi (Moviy masjid) kabi tarixiy obidalardan piyoda masofada joylashgan. Taqsim maydonigacha boʻlgan masofa , Otaturk xalqaro aeroportigacha esa ni tashkil etadi.
Manbalar
Havolalar
Galereya
Turkum:Istanbuldagi binolar va inshootlar
Turkum:Istanbuldagi Usmonli meʼmorchiligi Turkum:Turkiyadagi neoklassik meʼmorchilik Turkum:1922-yilda qurilgan turar-joy binolari Turkum:Usmonli imperiyasi binolari va inshootlari Turkum:Turar-joy binolari Turkum:Istanbuldagi mehmonxonalar Turkum:1985-yilda tashkil etilgan mehmonxonalar Turkum:Crowne Plaza mehmonxonalari Turkum:Fatih Turkum:Mimar Kemaleddin binolari