thumb|Bloklashdan keyin Turkcha boʻlimda oʻrnatilgan Vikipediya logotipining versiyasi. „Vikipedi – Özgür Ansiklopedi“ („Vikipediya – erkin ensiklopediya“) soʻzlari senzura ramzi sifatida qora chiziq bilan yopilgan|218x218px thumb|2017 yil fevral–may oylarida Vikipediyaning turkcha boʻlimiga tashriflar statistikasi. Blokirovkadan soʻng tashriflar soni 80% ga kamaydi|188x188px

Turkiyada Vikipediyaning bloklanishi () – 2017-yil 29-aprel kuni boshlandi. Kirish 5651-sonli qonunga muvofiq cheklangan boʻlib, bloklashga viki-maqolalarda davlat terrorizmi haqidagi joylashtirilgan, Turkiya IShID va Al-Qoidani moliyalashtirgani toʻgʻrisidagi maʼlumotlar sabab boʻlgan. Turkiya sudlari ushbu maʼlumotni OAV orqali jamiyatni manipulyatsiya qilishga urinish deb topdi. Turkiya axborot va kommunikatsiya texnologiyalari boshqarmasining bir necha bor qilgan talablariga qaramay, maqoladagi maʼlumotlar olib tashlanmadi. 2020-yil 15-yanvarda blokirovka olib tashlandi.

Tarixi Turkiya Bashar Asad hukumatiga qarshi jang qilayotgan islomchi guruhlarni, jumladan „Al-Qoida“ning „An-Nusra fronti“ boʻlinmalarini moliyalashtirganlikda bir necha bor ayblangan. 2014-yil oktyabr oyida AQSh vitse-prezidenti Joe Biden Turkiya, Saudiya Arabistoni va BAA „Asadga qarshi jang qilishga tayyor boʻlgan har kimga millionlab dollarlar va oʻn minglab tonna qurol quyayotganini“ maʼlum qilgan.

Blokirovka Turkiyada prezident vakolatlarini sezilarli darajada kengaytiruvchi oʻzgartirishlar qabul qilingan referendumdan ikki hafta oʻtib sodir boʻlgan.

2017-yil 25-aprel kuni Turkiya aviatsiyasi Suriya va Iroq hududida kurd boʻlinmalari YPG, YPJ va PKK ob’yektlariga bir qator aviatsiya zarbalarini berdi. Ushbu zarbalar natijasida Iroqda taxminan 40 Peshmerga jangchisi, Suriyada esa 20 dan ortiq YPG va YPJ jangchisi halok boʻldi. Suriya Demokratik kuchlari (SDK) AQSh Turkiya tomonidan ularga nisbatan takroriy aviatsiya zarbalarining oldini olish choralarini koʻrmasa, Raqqa (oʻsha paytda IShIDning poytaxti) qamalini toʻxtatishini eʼlon qildi. Javoban, AQSh bunday hodisalarni oldini olish maqsadida SDK bilan birga chegaralarni patrullashni boshladi.

Bloklash 2017-yil 29-aprel tongida Turkiya hududidan Vikipediyaning barcha til boʻlimlariga kirish bloklandi. Reuters va Bi-bi-si maʼlumotlariga koʻra, blokirovka GMT vaqti bilan soat 5:00 da boshlangan. Turkiyaning Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari boshqarmasi blokirovkani quyidagicha izohladi: „Texnik tahlildan soʻng va 5651-sonli qonunga asosan saytga nisbatan maʼmuriy choralar qoʻllanildi“.

„Amerika ovozi“ xabar berishicha, turk ommaviy axborot vositalarida blokirovkaning sababi sifatida „terrorizm bilan bogʻliq maqola“ koʻrsatilgan. Turkiya transport va aloqa vazirligida esa quyidagilar aytilgan: „Terrorizmga qarshi kurashda hamkorlik qilish oʻrniga, [Vikipediya] Turkiyani xalqaro OAVda obroʻsizlantirish kampaniyasini olib borayotgan axborot manbalarining bir qismiga aylandi“.

Bilgi universitetining soʻrovi asosida sudda blokirovkaga asos boʻlgan Vikipediyaning aniq maqolalari nomlari keltirildi. Bular: :en:State-sponsored terrorism#Turkey :en:Foreign involvement in the Syrian Civil War#Turkey

2017-yil 11-may kuni Turkiya transport va aloqa vaziri Ahmet Arslon blokirovka sabablarini izohlar ekan, Vikipediyani oʻqiganda „Turkiya terrorchi tashkilotlarni qoʻllab-quvvatlayotgandek taassurot paydo boʻladi“, deb bayon qildi.

2017-yil 3-may kuni „Vikimedia Jamgʻarmasi“ jamgʻarmasi Anqaradagi sudda blokirovkaga qarshi daʼvo bilan chiqishga harakat qildi, ammo 5-may kuni daʼvo rad etildi. Sud bayonotida, „noqonuniy“ maqolalar oʻchirib tashlanmaguncha blokirovka olib tashlanmasligi aytilgan. Shu kuni Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari boshqarmasi quyidagi rasmiy bayonotni berdi:

2017-yil 2-may kuni Istanbul shahar hokimiyati Jimmy Walesga oldin yuborilgan „World Cities Expo“ koʻrgazmasiga taklifni bekor qildi. Koʻrgazma 15—18-may kunlari Istanbulda oʻtishi rejalashtirilgan edi. Wales blokirovkaga qaramay koʻrgazmaga tashrif buyurmoqchi ekanini bildirgan va shunday degan: „Men bu safarni intiqlik bilan kutyapman. Istanbul mening eng sevimli shaharlarimdan biridir“.

2019-yil 26-dekabrda Turkiya Konstitutsiyaviy sudi taqiqlashning Turkiya konstitutsiyasiga zid ekanligi toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Sud fikricha, taqiq fuqarolarning oʻz fikrini bildirish huquqini buzadi. Sud taqiqni bekor qilishga qaror qildiWikipedia ban: Top court calls for Turkey to lift block , BBC, 27.12.2019.

Reaksiya thumb|260x260px|Turkiyada Vikipediyaning bloklanishiga qarshi norozilik belgisi sifatida Italyancha Vikipediyada banner joylashtirildi. Turkiya muxolifati, jumladan Respublika Xalq partiyasining (RXP) koʻplab aʼzolari blokirovkani qoralab chiqdi. Xususan, RXP deputati Eren Erdem bu voqealar „Turkiyani Shimoliy Koreya bilan bir qatorda qoʻyadi“ deb bayon qilgan boʻlsa, Barish Yarkadash blokirovkani „senzura va axborotga erkin kirish huquqining buzilishi“ deb atadi.

Blokirovkadan soʻng IPFS texnologiyasidan foydalangan holda turkcha Vikipediyaning nusxasi yaratildi. Shuningdek, inglizcha va turkcha Vikipediyaning pirat „oynalari“ ham yaratildi, ular „TurkceWikipedia.org“ manzilida joylashtirildi.

Hodisa munosabati bilan ensiklopediya asoschisi Jimmy Wales oʻzining shaxsiy profilida Turkiya fuqarolariga murojaat eʼlon qildi. Unda axborotga erkin kirish insonning asosiy huquqi ekanini va bu huquq uchun kurashni davom ettirishini taʼkidladiTursiya: Uikipediya ochernya imidja na stranata ni // Dir.ru. 30 aprelya 2017. Shu kuni Vikipediya Jamgʻarmasi blogida Jamgʻarmaning ijrochi direktori Ketrin Marrning bayonoti eʼlon qilindi. Unda Turkiya hukumatini turk xalqi uchun Vikipediyaga toʻliq kirishni tiklashga va ularga dunyodagi eng yirik bilim resursiga murojaat qilish imkoniyatini qaytarishga chaqirdiWikimedia Foundation urges Turkish authorities to restore access to Wikipedia, By Katherine Maher, Wikimedia Foundation. April 30th, 2017.

Ushbu bayonotlarga qoʻshimcha ravishda, „Meta-viki“ saytida Vikipediya loyihalari ishtirokchilari hamjamiyati nomidan murojaat joylashtirildi, uni 7000 dan ortiq kishi imzoladi"O sayte Meta-vikiOtvet vikipedistov na blokirovku tureskim pravitelstvom // Meta-viki, 29.04.2017. Unda, xususan, shunday deyiladi:

Manbalar

Turkum:Vikipediya tarixi Turkum:Turkiyada siyosat Turkum:Turkiyada senzura Turkum:29-aprel voqealari Turkum:Turkiyadagi voqealar Turkum:Vikipediya senzurasi