Tulay markaziy masjidi () – Filippinning Sulu provinsiyasi Jolo orolida joylashgan masjid.

Tarixi Tulay markaziy masjidining asl binosi 1884-yilda bunyod etilgan. 1960-yil holatiga koʻra, Tulay masjidi yogʻochdan qurilgan boʻlib, Sulu hududida joylashgan oʻz turidagi eng katta masjid boʻlgan. Biroq masjid 1974-yilda Filippin milliy hukumati kuchlari va Moro milliy ozodlik fronti oʻrtasidagi jang chogʻida vayron qilingan.

Hozirgi masjid binosi 2001-yilda qurilgan boʻlib, Birlashgan Arab Amirliklari Shayxi Zayd an-Nahayon jamgʻarmasining xayriyalari hisobiga moliyalashtirilgan. Binoning qurilish qiymati 2 million dollarni tashkil etgan.

Masjidning tamal toshini qoʻyish marosimi 2001-yil 8-mart kuni Musulmon Mindanao avtonom mintaqasi gubernatori Nur Misuari boshchiligida oʻtkazilgan.

Meʼmorchiligi va dizayni Tulay markaziy masjidi loyihasi Ampersand Architectural Partnership tomonidan ishlab chiqilgan, bosh pudratchi HS Oaminal boʻlgan. Masjid bir vaqtning oʻzida 5000 nafar ibodat qiluvchini sigʻdira olish mumkin.

Izohlar

Manbalar

Turkum:Mindanaodagi masjidlar Turkum:2001-yilda qurib bitkazilgan binolar va inshootlar Turkum:1884-yilda tashkil etilgan Osiyo muassasalari Turkum:Suludagi binolar va inshootlar