Hoji Yusuf masjidi (qadimgi indonez yozuvi: مسجد الحاج يوسف) – Singapurning Hougang shaharchasi Yuqori Serangoon yoʻlidan biroz ichkarida joylashgan masjid. 1921-yilda Ahmad Muhammad Solih Angullia tomonidan ehson qilingan vaqf yerida bunyod etilgan. Ahmad Muhammad, shuningdek, Anguilla masjidini ham qurdirgan.
Tarixi Kelib chiqishi gujarotlardan boʻlgan hind musulmon savdogari va sobiq tinchlik sudyasi Ahmad Muhammad Solih Eusoofjee Angullia masjid qurilishi uchun yerini vaqf tariqasida ehson qilgan. Masjid 1921-yilda qurilgan va Hougangda bunyod etilgan birinchi masjid boʻlgan. Masjid hovlisining ichida bir madrasa ham joylashgan edi, biroq u keyinchalik Toa Payoh mahallasiga koʻchirilgan.
1989-yilda masjidga tashrif buyurvchilar sigʻimini oshirish maqsadida yangidan zamonaviy inshootni qayta qurish rejalari ishlab chiqildi. Mablagʻining biroz yetishmasligiga qaramay, qayta qurish ishlari 1994-yil avgust oyida boshlandi. Shuningdek, 2014-yilda ham inshootni yanada yaxshilash uchun taʼmirlash ishlari amalga oshirildi.
Hozirda masjid faqat namoz oʻqish joyi boʻlibgina qolmay, balki diniy darslar oʻtiladigan taʼlim markazi ham hisoblanadi.
Yana qarang Singapurdagi masjidlar roʻyxati
Adabiyotlar
Havolalar Hoji Yusuf masjidining GoogleMaps StreetView koʻrinishi
Turkum:Singapurdagi masjidlar Turkum:1921-yilda qurib bitkazilgan masjidlar Turkum:Singapurda 20-asr meʼmorchiligi