Shahnoza Dekanbayeva (2008-yil 18-yanvarda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik futbolchi, U18 terma jamoasi hamda ayollar chempionatining Lokomotiv klubi hujumchisi.
Klublardagi faoliyati
Lokomotiv Shahnoza Dekanbayeva 2023-yildan Lokomotiv ayollar klubining asosiy jamoasida oʻynab kelmoqda. U jamoa safida 2023-yilgi mavsum 5 ta gol kiritishni uddalagan. 2024-yilda esa butun mavsum davomida 19 ta gol kiritib jamoa toʻpurari boʻlgan. 2025-yil esa futbolchi mavsumni 13 ta gol bilan yakunladi
Yutuqlar CAFA U18 chempionati toʻpurari: 2024
CAFA U18 chempionati chempioni: 2025
CAFA U20 chempionati gʻolibi: 2026
CAFA U20 musobaqasining eng yaxshi futbolchisi: 2026
Manbalar
Turkum:Oʻzbekistonlik ayol futbolchilari Turkum:Yashayotgan insonlar