Hasan ar-Rammah (, 1295-yilda vafot etgan) suriyalik arab kimyogar va muhandis. Mamluk sultonligi davrida yashagan, porox turlari va portlovchi moddalarni oʻrgangan hamda jangovar asboblarning dastlabki namunalari, jumladan birinchi torpeda chizmalari muallifi boʻlgan. Ar-Rammah oʻzining ilk torpedasini „oʻzi harakatlanadigan va yoqib yuboradigan tuxum“ deb atagan. U bir-biriga mahkamlangan ikkita metalldan yasalgan listdan iborat boʻlib, ichiga nafta, metall qirindilari va kaliy nitrati solingan. U suv yuzasida harakatlanishi, katta raketa yordamida harakatga keltirilishi va kichik rul yordamida yoʻnalishda ushlab turilishi koʻzda tutilgan edi.

Ar-Rammah bir necha yangi turdagi poroxlarni, yangi turdagi fitilni va ikki xil yoqilgichni ishlab chiqqan.

Manbalar

Turkum:Suriyalik muhandislar Turkum:1295-yilda vafot etganlar Turkum:Tugʻilgan sanasi nomaʼlum Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:13-asr muhandislari Turkum:Oʻrta asr islom olami muhandislari Turkum:Oʻrta asr islom olami ixtirochilari Turkum:13-asr ixtirochilari Turkum:Oʻrta asr islom olami alkimyogarlar Turkum:XIII asr arablari