Vanand masjidi, shuningdek, Vanand jome masjidi – Ozarbayjonning Ordubod tumanidagi Vanand qishlogʻida joylashgan XIV asrga oid tarixiy va meʼmoriy yodgorlik.
Masjid 2001-yil 2-avgustdagi Ozarbayjon Vazirlar Mahkamasining 132-sonli qarori bilan mahalliy ahamiyatga ega koʻchmas tarixiy va madaniy yodgorliklar roʻyxatiga kiritilgan. Keyinchalik, 2007-yil 21-noyabrdagi Naxchivon Avtonom Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 98-sonli qarori bilan Vanand masjidiga respublika ahamiyatiga ega yodgorlik maqomi berilgan.
Maʼlumot Masjid Ordubod tumanining Vanand qishlogʻida joylashgan. Kirish qismidagi yirik nasx yozuvidagi bitikka koʻra, masjid 1324–1325-yillarda qurilgan. Binoning shakli toʻgʻri toʻrtburchak. Kirish qismi shimoliy tomonda. Masjidning balandligi 7 metr, ichki maydoni ni tashkil etadi. Janubiy devorda turli ranglarda naqsh va bezaklar bilan bezatilgan katta mehrob joylashgan. Ichkarida ayollar ibodati uchun balkon koʻrinishida 2-qavat qurilgan. Masjid yillar davomida bir necha bor taʼmirlangan. XVII asr boshlarida masjid maydoni kengaytirilgan. Dastlabki bino hozirgi kunda inshootning shimoli-gʻarbiy burchagini tashkil etadi. Bu qismga gʻarbiy peshtoqdagi eshik orqali kiriladi. Kengaytirish ishlari chogʻida masjidning gʻarbiy tomonida taxminan 2 metr ichkariga devor qurilib, bitik yozilgan devor masjid ichida qolib ketgan.
Masjiddagi ikkinchi bitikda 1732-yilda vanandlik Muhammad Rezo ismli shaxs tomonidan bino taʼmir qilinganligi qayd etilgan. Bu bitik masjid ichida, shimoliy tomondagi markaziy ustunlarni bogʻlovchi kamarning ustida joylashgan. 348 x 26,5 sm oʻlchamdagi bu bitik nasx va shekaste yozuvida, suls unsurlari bilan yozilgan. Fors va arab tillarida bitilgan bu yozuv XVIII asrning birinchi yarmida Vanand va Naxchivonning iqtisodiy hayoti haqida maʼlumot beradi. Yozuv birinchi bor rus sharqshunosi, tarixchi, etnograf va diplomat Nikolay Xanikov tomonidan fransuz tiliga tarjima qilingan.
Uchinchi bitik masjidning janubiy devorida suvoq ustiga qora rangda yozilgan. Bu bitikka koʻra, masjid 1890-yilda taʼmirlangan. Taʼmir davomida mehrob bezatilgan va boshqa boʻyash ishlari amalga oshirilgan. Taʼmirlash ishlarini Mirzo Sulaymon Marandiy olib borgan va bitik ham u tomonidan yozilgan.
Sovet bosqini davrida Ozarbayjon sovetlar tomonidan bosib olinishidan soʻng, 1928-yilda mamlakatda dinlarga qarshi rasmiy kampaniya boshlandi. Oʻsha yil dekabr oyida Ozarbayjon Kommunistik partiyasi Markaziy Qoʻmitasi koʻplab masjidlar, cherkovlar va sinagogalarni maʼrifiy maqsadlarda madaniyat uylari tasarrufiga oʻtkazdi. 1917-yilda Ozarbayjonda 3000 ta masjid mavjud boʻlgan boʻlsa, bu raqam 1927-yilda 1700 ta, 1928-yilda 1369 ta va 1933-yilga kelib atigi 17 tani tashkil qilgan. Vanand masjidi ham shu davrda faoliyatini toʻxtatgan.
Mustaqillikdan soʻng Ozarbayjon mustaqillikka erishgach, masjid 2001-yil 2-avgustdagi Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 132-sonli qarori bilan mahalliy ahamiyatga ega koʻchmas tarixiy va madaniy yodgorliklar roʻyxatiga kiritildi. 2007-yil 21-noyabrdagi Naxchivon Avtonom Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 98-sonli qaroriga koʻra, Vanand masjidi respublikadagi ahamiyatiga ega meʼmoriy yodgorlik sifatida tasniflandi.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Ozarbayjondagi XIV asr masjidlari Turkum:1324-yilda tashkil etilgan obyektlar