Sharja masjidi () – Birlashgan Arab Amirliklari Sharja amirligidagi eng yirik masjid. Masjid nafaqat musulmonlarning ibodat qilishi uchun xizmat qiladi, balki u yerda kutubxona, shuningdek, musulmon boʻlmaganlarga daʼvat berish uchun alohida maydon ham ajratilgan.
Tarixi
Qurilish ishlari 2014-yilda boshlanib, taxminan 300 million dirham mablagʻ sarflangan. Masjid 2019-yil 10-may kuni Sharja hukmdori, Shayx Sulton bin Muhammad al-Qosimiy tomonidan rasman ochilgan.
Ochilish munosabati bilan BAA Markaziy banki tomonidan biri oltin va biri kumushdan boʻlgan, har birining yuzida Qur’on oyati yozilgan esdalik tangalar chiqarilgan. Ularning dizayni Sharja islomiy banki tomonidan ishlab chiqilgan.
Geografiyasi, oʻlchami va statistika
Masjid loyihasi klassik uslubdagi Usmoniy meʼmorchiligi asosida ishlab chiqilgan boʻlib, Tay hududida Amirliklar yoʻli va Mleyhaga olib boruvchi yoʻl tutashgan chorrahada joylashgan. Masjid, uning bogʻlari va infratuzilmalari jami 190 000 m² maydonda barpo etilgan. Taqqoslash uchun ilgari amirlikdagi eng yirik masjid hisoblangan Qirol Faysal masjidining maydoni 10 000–12 000 m² edi. Sharja masjidi musulmon boʻlmagan mehmonlar uchun ham ochiq, ular uchun alohida belgilangan yoʻlaklar va zonalar mavjud. Masjidda koʻplab asl islomiy qoʻlyozmalar jamlangan keng kutubxona bor. Masjid majmuasining turli avtoturargohlariga 2 200 dan ortiq avtomobil va avtobus joylashishi mumkin. Shuningdek, masjidda suvenir doʻkoni, muzey va favvoralar bor. Majmua ikkita tahorat olinadigan joy, keksalar uchun 100 dona nogironlar aravachasi bilan jihozlangan.
Masjid oʻzida 25 000 nafar ibodat qiluvchini sigʻdira oladi. Shundan 5 000 nafardan ortigʻi ichki qismdan joy olsa, 610 tasi ayollar uchun ajratilgan. Old zal va yon foyelar 6 000 nafardan ortiq, tashqi maydon esa 13 500 kishini sigʻdira oladi.
Yana qarang Shayx Zayd masjidi Musulmon tarixining vaqt jadvallari Sulton Qobus masjidi Birlashgan Arab Amirliklaridagi masjidlar roʻyxati
Manbalar
Havolalar
Sharja masjidi ichida: amirlikdagi eng yirik masjid, Khaleej Times (Facebook) Dindorlar Sharja masjidida Qurbon hayiti (yoki Ramazon hayiti) namozini ado etishadi Yangi Sharja masjidining ichki qismiga bir nazar Bayut.com (YouTube)