Amr ibn al-Os masjidi (), shuningdek, Abu’l-Maʼatiy masjidi yoki Al-Fotih masjidi nomi bilan ham tanilganhttps://www.connollycove.com/amr-ibn-al-aas-mosque/. Misrning Dumyot shahrida joylashgan tarixiy masjid. Baʼzi mahalliy manbalarga koʻra, Misrda qurilgan ikkinchi masjid boʻlib, Misrning arablar tomonidan bosib olinishi harakatlariga boshchilik qilgan, islom payg‘ambari sahobalaridan biri boʻlgan Amr ibn al-Os nomi bilan atalgan. Dumyot salibchilar tomonidan bosib olingan davrda masjid vaqtinchalik Bibi Maryam sobori sifatida xizmat qilgan.
Tarixi Roshidun xalifaligi davri 642-yilda Roshidun xalifaligi davrida arablar Misrni muvaffaqiyatli tarzda zabt etdilar. Rivoyatlarga koʻra, Miqdod ibn Asvad Dumyotda bir masjid qurgan boʻlib, uning tuzilishiga Rim davriga oid qadimiy ustunlarni ham qoʻshgan. Olim, Qohiraning Amerika universiteti islom arxitekturasi professori Bernard O'Kane hozirgi masjid oʻsha dastlabki masjidga mos kelmasligi mumkinligini taʼkidlagan.
Abbosiylar xalifaligi davri Dumyot shahri Abbosiy xalifasi al-Mutavakkil hukmronligi davrida vizantiyaliklar tomonidan hujumga uchragan. Masjidga oʻt qoʻyilgan va koʻp talafot koʻrib yonib ketgan, biroq hujumlar qaytarilgandan soʻng qayta tiklanganhttps://www.almasryalyoum.com/news/details/150321.
Fotimiylar xalifaligi davri Masjid 1106-yilda Fotimiylar hukmronligi davrida taʼmirlangan. Shuningdek, masjidga koʻproq namozxonlar sigʻishi uchun uning tuzilishi kengaytirilgan.
Beshinchi salib yurishi 1218–1219-yillardagi Dumyot qamalidan soʻng John Brienne boshchiligidagi salibchilar Dumyotni egallab oldilar. Masjid soborga aylantirildi. 1220-yil 2-fevralda, yaʼni Poklanish bayrami kuni Cardinal Pelagius masjid nomini „Bibi Maryam sobori“ deb oʻzgartirdi. Biroq salibchilar Beshinchi salib yurishi davomida magʻlubiyatga uchraganliklari sababli 1221-yilda taslim boʻlib Dumyotni tark etishdi. Oʻsha yilning oʻzida masjid yana oʻzining asl vazifasiga qaytarildi.
Yettinchi salib yurishi 1249-yil iyun oyida Fransiya qiroli Louis IX boshchiligidagi Yettinchi salib yurishi lashkari Dumyotni qamal qildi. Masjid yana bir bor soborga aylantirildi va unda diniy marosimlar oʻtkazila boshlandi. 1250-yilda Louis oʻgʻli John Tristan shu soborda choʻqintirilgan. Biroq salibchilar Fariskur jangida magʻlub boʻlishdi, natijada Louis IX qoʻlga olindi va garovga olindi. Louis Dumyotni yana Ayyubiylarga topshirishga majbur boʻldi va sobor tashlab ketildi.
Mamluklar davri Yangi Mamluk sultoni Aybakning buyrugʻi bilan 1251-yilda Dumyot butunlay vayron qilindi, bu salibchilarning kelajakda yana undan foydalanishining oldini olish uchun qilingan chora edi. Shundan soʻng shahar janubroqda qaytadan barpo etildi. Shunga qaramay, mamluklar soborni saqlab qoldilar va uni yana masjidga aylantirdilar. Masjidga yogʻochdan yasalgan minbar oʻrnatildi, ushbu minbar 1369-yilda usta Ahmad ibn Yusuf tomonidan yasab bitkazilgan.
Zamonaviy davr Masjid oʻnlab yillar davomida eʼtiborsiz qolgan edi. 2004-yilda uni restavratsiya qilish rejasi ishlab chiqildi. Asl inshoot butunlay vayron boʻlgani sababli hozirgi bino rekonstruksiya qilingan bino hisoblanadi. Binoni tiklash ishlari The Arab Contractors kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi, ishlar 5 yil davom etdi. 2009-yil 8-may kuni masjid jamoatchilik uchun qayta ochildi. Masjidning ochilish kuni Louis IX va uning salibchilari Dumyotni tark etib, shahar musulmonlarga qaytarilgan sanaga toʻgʻri keladi.
Meʼmorchiligi
Dumyot shahridagi Amr ibn al-Os masjidi Fustatdagi masjidga oʻxshash usulda qurilgan. Markazida gumbazli favvora joylashgan hovli mavjud. Gʻarbiy tomonda masjidning asosiy kirish eshigi joylashgan boʻlib, Al-Jabana koʻchasiga qaraydi. Eshik yonida kvadrat xonacha mavjud, ilgari u Minoraning asosi boʻlib xizmat qilgan, biroq zilzila vaqtida vayron boʻlgan. Masjidning umumiy maydoni 3420 kvadrat metrni tashkil qiladi, bu esa uni Misrdagi eng yirik masjidlardan biriga aylantiradi.
Yana qarang Misrdagi masjidlar roʻyxati
Manbalar
Turkum:7-asr masjidlari Turkum:Dumyot Turkum:Misrdagi gumbazli masjidlar Turkum:Misrdagi sobiq cherkovlar Turkum:Misrdagi minorali masjidlar Turkum:Masjidga aylantirilgan cherkovlar Turkum:Usmoniylar imperiyasidagi masjidga aylantirilgan cherkovlar