Tarbiat Modares universiteti (, Dāneshgāh-e Tarbiyat Modarres, soʻzma-soʻz maʼnosi: „Professorlar tayyorlash universiteti“) – Eronning Tehron shahrida joylashgan davlatga qarashli magistratura va doktorantura yoʻnalishilarini oʻqitishga moʻljallangan oliy taʼlim muassasasi. Yillar davomida universitet talabalari bir necha bor norozilik namoyishlarida ishtirok etgan. 1999-yilda Basij kuchlari tomonidan namoyishchilarga qarshi oʻtkazilgan reyd chogʻida bir talabani oʻldirilishi katta norozilik toʻlqiniga sabab boʻlgan, ammo ushbu namoyishlar Eron xavfsizlik kuchlari tomonidan bostirilgan.
Tarixi 1999-yilda Tarbiat Modares universiteti talabalari islohotchi „Salom“ gazetasining yopilishi sababli tinch norozilik namoyishlarida ishtirok etgan. Namoyishlar chogʻida Basij kuchlari talabalar yotoqxonasiga hujum qilgan, ularning shaxsiy buyumlari yoʻq qilingan va bir talaba tomdan tashlab oʻldirilgan. Ushbu voqea Eronning yirik shaharlari boʻylab norozilik namoyishlari toʻlqiniga sabab boʻlgan. Namoyishchilar Oliy rahbar Ali Xomanaiy qarorgohi tomon yurish qilgan va unga qarshi shiorlar aytilgan. Eron xavfsizlik kuchlari namoyishlarni kuch bilan bostirgan 3 kishi halok boʻlgan, 200 dan ortiq kishi jarohatlangan va yuzlab namoyishchilar qoʻlga olingan. 2024-yilda ayrim talabalar Eron saylovlarini boykot qilgan. Bu harakat mamlakatda oʻzgarishlar boʻlishi zarurligini taʼkidlash va „Ayol, Hayot, Erkinlik“ shioriga sodiqlikni namoyish etish maqsadida amalga oshirilganqualified%20for%20the%20runoff%20election. https://iranwire.com/en/news/131428-tarbiat-modares-students-call-for-election-boycott/#:~:text=of%20presidential%20election-,A%20group%20of%20students%20from%20Tarbiat%20Modares%20University%20in%20Tehran, qualified%20for%20the%20runoff%20election..
2025-yil fevral oyida Amir Muhammad Xaləqi oʻldirilganidan soʻng, talabalar politsiya faqat hijobni majburiy nazorat qilish uchun mavjud, biroq talabalarni himoya qilishda sustkashlik koʻrsatmoqda, degan eʼtiroz bilan norozilik namoyishlarini oʻtkazishganreleased%20following%20pressure%20from%20students. https://iranwire.com/en/news/139145-university-of-tehran-students-continue-protests-over-students-death/#:~:text=Amir%20Mohammad%20Khaleghi-,Students%20at%20the%20University%20of%20Tehran%20held%20their%20fourth%20consecutive, released%20following%20pressure%20from%20students. Iranwire, University of Tehran Students Continue Protests Over Studentʼs Death.
Manbalar
Turkum:Tarbiat Modares universiteti