Al-Bidya masjidi (; baʼzan Al-Bidiyah () yoki Al-Badiyah () tarzida transliteratsiya qilinadi) – Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra amirligida joylashgan tarixiy masjid. 2018-yil sentyabr oyida Islom oltin davriga oid 1000 yillik masjid xarobalari topilguniga qadar ushbu masjid mamlakatdagi eng qadimiy masjid sifatida tanilgan. Ushbu yangi topilma Abu Dabi amirligining al-Ayn shahrida joylashgan Shayx Xalifa bin Zayd al-Nahyon masjidi yaqinidan aniqlangan. Masjid hozirgacha faoliyat yuritib kelmoqda, bino kichik Al-Badiyah yoki Al-Bidiyah qishlogʻida joylashgan boʻlib, amirlik poytaxtidan taxminan shimolda joylashgan. Shuningdek, inshoot Usmoniylar masjidi nomi bilan ham tanilgan.

Tarixi Masjidning qurilgan sanasi aniq emas. Inshoot loy va toshdan qurilgani, qurilish ishlarida yogʻochdan foydalanilmagani bois radiokarbon tahlil oʻtkazib boʻlmaydi. Masjidning qurilish davri taxminan milodiy XV asrga toʻgʻri keladi. Biroq undan ham qadimiyroq davrlarga oid taxminlar mavjud. 1997–1998-yillarda bu hudud Fujayra arxeologiya markazi va Sidney universiteti bilan hamkorlikda oʻrganilgan. Fujayra arxeologiya va meros departamenti masjid 1446-yilda qurilgan deb hisoblaydi. Masjid bilan bir paytda uni kuzatib turuvchi ikkita qoʻriqlash minorasi ham bunyod etilgan.

Tuzilishi

Kichik, kvadrat shakldagi inshootning maydoni boʻlib, mahalliy materiallardan, turli oʻlchamdagi toshlar va oq suvoq qatlami bilan qoplangan loy gʻishtlardan qurilgan. Tomi spiral shaklidagi gumbazdan iborat, gumbazni markazda joylashgan bitta ustun koʻtarib turadi. Masjidga ikki qanotli yogʻoch eshik orqali kiriladi.

Namozxona ichiga yorugʻlik va havo kirishiga imkon beruvchi bir nechta kichik bezakli derazalar bor.

Masjid hozirgacha kundalik namozlar uchun ochiq boʻlib, sayyohlar uchun ham diqqatga sazovor maskan hisoblanadi.

Yana qarang Birlashgan Arab Amirliklarida islom

Manbalar

Havolalar

Video: The Imam of Al Bidya mosque (The National) Al Bidya Mosque in Fujairah | Gulf Roundup 1 Jan 2016 (Asianet News) 500 year old Mosque in UAE (YouTube) 570 Year old Mosque in UAE | Al Badiyah Mosque | Life and Travel | Malayalam Travel Vlog #05

Turkum:15-asr Osiyodagi masjidlar Turkum:Fujayra amirligidagi masjidlar Turkum:BAAdagi gumbazli masjidlar Turkum:Osiyodagi Usmoniy masjidlari Turkum:Osiyodagi sunniy masjidlar