Abu al‐Qosim Asbagʻ ibn Muhammad ibn as-Samh al-Gʻarnotiy al-Mahriy () (979-yilda Kordovada tugʻilgan; 1035-yilda Granadada vafot etgan) – Ibn as-Samh nomi bilan ham tanilgan al-andaluslik arab matematik va astronom. Kordovadagi siyosiy beqarorlik uni Granadaga koʻchishga majbur qilguniga qadar al-Majritiy asos solgan maktabda ishlagan. Astrolabni yasash va undan foydalanish haqidagi risolalari, shuningdek, maʼlum boʻlgan birinchi sayyora ekvatoriumi haqidagi asari bilan mashhur. Bundan tashqari, matematika sohasida u Yevklidga yozgan sharhi va ilk algebraga qoʻshgan hissasi, hamda boshqa asarlari bilan ham tanilgan.

Upsilon Andromedae c nomi bilan ham maʼlum boʻlgan Samh ekzosayyorasi Xalqaro astronomiya ittifoqining NameExoWorlds loyihasining bir qismi sifatida uning sharafiga nomlangan.

Manbalar

Turkum:979-yilda tugʻilganlar Turkum:1035-yilda vafot etganlar Turkum:X asr arablari Turkum:XI asr arablari Turkum:XI asr Al-Andalus kishilari Turkum:Al-Andalus astronomlari Turkum:XI asr astronomlari Turkum:Al-Andalus matematiklari Turkum:Oʻrta asr islom olami ixtirochilari Turkum:XI asr ixtirochilari