Obodon qamali – 1980-yil noyabr oyidan boshlab Iroq qoʻshinlari tomonidan Eronning Obodon shahrni qamal qilish. Shahar esa urush boshlangan 1980-yil sentabrdan buyon deyarli har kuni bombardimon qilingan.

Obodon orolida dunyodagi eng yirik neftni qayta ishlash zavodlaridan biri – Obodon neftni qayta ishlash zavodi joylashgan.

Reja 1980-yil sentyabrda Iroq prezidenti Saddam Husayn Eron ustiga kutilmagan hujum boshladi va keng front boʻylab Eron hududiga bostirib kirdi. Obodon oroliga hujum qilish boʻyicha dastlabki reja Bagʻdod–Basra yoʻli boʻylab Xarkiya yaqinida Shatt ul-Arab daryosidan kuchaytirilgan zirhli diviziya oʻtishi, soʻng janubga burilib Xurramshahr va Obodon shaharlarini egallashi, keyin esa qolgan eronlik boʻlinmalar bilan jang qilishni nazarda tutgan. Bu kuchaytirilgan diviziyada 500–600 ta tank, maxsus kuchlar boʻlinmalari va jami 20 000 askar boʻlgan.

Xurramshahrga uyushtirilgan hujumdagi dastlabki muvaffaqiyatdan ruhlangan Iroq qoʻmondonlari 22-sentyabrda Qarun daryosidan oʻtib Obodon shahri chekkasiga yetib kelgan, ammo Eronning yarim harbiy kuchlari tomonidan kuchli qarshilikka uchrab, bir necha tank va zirhli texnikalardan ayrilgan holda daryoning gʻarbiy qirgʻogʻiga chekinishga majbur boʻlgan. 2-oktyabr kuni qoʻmondonlar tanklar bilan birga Shatt ul-Arabdan 4 km yuqorida yana Qarun daryosidan oʻtishga muvaffaq boʻlib, qamalni boshlagan. 4-oktyabrga kelib Iroq qoʻmondonlari Obodondan Ahvozgacha boʻlgan asosiy yoʻlni nazoratga olganini bildirgan, biroq Obodonga olib boruvchi koʻprikning toʻliq nazorati faqat noyabr oxiriga kelib oʻrnatilgan.

Iroq armiyasi davom etayotgan Xurramshahr jangi bilan band boʻlganligi sababli, dastlabki reja jiddiy ravishda oʻzgartirildi, Obodonni tezda bosib olish va egallash oʻrniga, endi reja Obodon ichidagi mahalliy Eron boʻlinmalarini ajratib qoʻyish va keyin orolni qamal qilish edi.

Jang 3-noyabr kuni Iroq qoʻshinlari Xuziston ustonidagi Obodonga yetib keldi. Eron qarshiligi juda kuchli boʻlgani uchun iroqlik qoʻmondonlar qoʻshimcha kuch chaqirdi. Zaiflashgan ikkinchi zirhli diviziya – 4 500 askar va 200 tank – Obodonning shimoli-sharqidan shaharni qurshab olish uchun yuborildi, ular Xurramshahr qamalda davom etayotganligi sababli Qarun daryosidan shahar shimolidan oʻtdi. Bu ikki Iroq diviziyasi nomaʼlum miqdordagi Eron qoʻshinlariga qarshi turdi, manbalarga koʻra, Xurramshahrni bitta brigada himoya qilgan, uni shimolda joylashgan ikki zaxira boʻlinma qoʻllab-quvvatlagan.

Qamal Iroqliklar Eronning Pasdaran boʻlinmasi tomonidan orqaga surilgan boʻlsa-da, Obodonning uch tomonini qurshashga va shahar hududining bir qismini egallashga muvaffaq boʻldi. Ammo ular kuchli qarshilikni yorib oʻtolmadi; eronliklar nazoratidagi hududlar tungi vaqtda qayiq va vertolyotlar orqali oziq-ovqat va yordam olardi. Qamal bir necha oy davom etdi, ammo Iroq Obodonni egallay olmadi. Shahar katta zarar koʻrdi, neftni qayta ishlash zavodi ham jiddiy shikastlandi yoki vayron boʻldi.

Iroqning iyun hujumi Ruhiy tushkunlik kuchayib borar ekan va Shatt ul-Arab hali ham eronliklar tomonidan toʻsib qoʻyilganligi sababli, Saddam 1981-yil iyunda keng koʻlamli hujum buyurdi. Eron garnizoni Pasdaran, muntazam armiya va mahalliy Xuziston arab jangchilari bilan 15 000 askargacha mustahkamlangan edi. Iroq shaharga 60 000 askar va yuzlab tanklar bilan hujum boshladi, bu eronliklardan toʻrt baravar koʻp edi. Shunga qaramay, eronliklar iroqlik hujumlarini qaytarishga muvaffaq boʻlishdi. Eron oʻzining Cheftain tanklaridan samarali foydalandi.

Qamalni yorib oʻtish 1981-yil 22—27-sentyabr kunlari Eron Samen-ul-Aʼimma operatsiyasini amalga oshirdi. Bu jangda Eron birinchi katta inson toʻlqini hujumlaridan foydalandi. Obodon qamali yorildi, Eron 3 000 talafot koʻrdi, iroqliklar esa taxminan yarmicha zarar koʻrdi. Eron 2 500 asir oldi va yuzlab zirhli texnikalarni yoʻq qildi, ammo oʻzining 170 ta M47 Patton, M48, M60 Patton va Cheftain tanklarini yoʻqotdi.

15-oktyabr pistirmasi 15-oktyabr kuni iroqliklar Obodondan 1,6 km masofaga kirib bordi va shahar tele-radio markazini egalladi. Shimolda esa, Dar Xuyya yaqinida iroqliklar katta Eron konvoyiga pistirma uyushtirdi, u Ahvozdan kelayotgan tanklar bilan himoyalangan edi. Eron kuchlari Obodon–Ahvoz yoʻli orqali qamalda qolgan himoyachilarga yordam yetkazmoqchi boʻlgan. Qisqa, ammo shiddatli jangda Iroqning T-55 va T-62 tanklari Eronning Cheftainlariga qarshi turdi. Har ikki tomondan taxminan bir batalon qoʻshin qatnashgan bu toʻqnashuv iroqliklar foydasiga hal boʻldi – „eronliklar kamida 20 ta Cheftain va boshqa zirhli texnikalarni tashlab, piyoda qochib ketgan“.

Oqibati Qamal tugagach, Obodon deyarli vayronaga aylangan edi. Obodonga tahdid tugagan, eronliklar esa Iroqqa qarshi birinchi muvaffaqiyatli qarshi hujumni amalga oshirishga erishgan. Bu oxir-oqibat iroqliklarning Eron hududidan butunlay haydalishi va 1982-yilda Xurramshahr ozod etilishiga olib keldi.

Manbalar

Turkum:Eron–Iroq urushi Turkum:Xuziston ustoni tarixi