Koloocheh yoki kleicha (), shuningdek Forscha yangi yil noni nomi bilan ham tanilgan – asosan Eronning turli hududlaridan kelib chiqqan, naqsh bosilgan forscha pechenye yoki non turidir. Ushbu taomning koʻplab variantlari mavjud – xamirli va yumshoq, yoki qarsildoq; ichiga masalliq solingan yoki solinmagan koʻrinishlari. Koloocheh Eronning oʻzida ham, shuningdek fors diasporasi yashaydigan Sharqiy Yevropa va Shimoliy Amerikada ham turlicha tarzlarda tayyorlanadi.

Tavsifi Koloocheh odatda xurmo va yongʻoq solib tayyorlanadigan pechenye hisoblanadi. Biroq, uni boshqa masalliqlar bilan ham qilish mumkin – masalan, maydalangan kokos qoʻshishadi. Shuningdek, taomni zaʼfaron, gulob, kardamon, dolchin yoki tsitrus poʻstlogʻi bilan xushboʻylantirishadi. Etimologiyasi Oʻrta fors tilidagi (Pahlaviy) kwlʾck' / kulāčag soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, „kichik, yumaloq non“ degan maʼnoni anglatadi.

Galereya

Yana qarang Maʼmul Kolompeh Manbalar

Turkum:Pecheniyelar Turkum:Eron pishiriqlari Turkum:Vegan taomlari Turkum:Iroq oshxonasi