Falak al-Aflak (, soʻzma-soʻz „jannat osmoni“) yoki Shopur Xast qal’asi () – Eronning Loriston viloyati markazi Xurramobod shahrida joylashgan katta tepalik ustida qurilgan qal’adir. Bu ulkan inshoot Sosoniylar sulolasi davrida (224—651 yillar) barpo etilganفلکالافلاک شکوه و صلابت تاریخ .
Xurramobod daryosi Falak al-Aflak tepaligining sharqiy va janubi-gʻarbiy tomonlaridan oqib oʻtadi, bu esa qal’aga oʻsha tomonlardan tabiiy himoya beradi. Hozirgi kunda tepalikni gʻarbiy va shimoliy tomonlardan Xurramobod shahrining turar-joy hududlari oʻrab turibdi.
Tarixi Pahlaviylar davrida 1968-yilgacha qamoqxona sifatida foydalanilganidanقاسمی، خاطرات زندانیان، ص ۸. Keyinchalik hudud muzey majmuasiga aylantirilgan.
Nomlanishi Falak-ol-Aflak „jannat osmoni“ deb tarjima qilinadi. Qal’a bir yarim ming yildan ortiq vaqt avval qurilgan boʻlib, tarixning turli davrlarida har xil nomlar bilan atalgan: Shopur-Xast qal’asi, Xurramobod qal’asi, „Oʻn ikki minora“ () va Otaboqon saroyi (). Qojarlar sulolasi hukmronlik qilgan davrlardan boshlaboq, Eron tarixiy manbalarida „Falak-ul-aflok“ nomi tilga olingan.
Arxitekturaviy tuzilish Qal’aning asl poydevori taxminan 300 ga 400 metr (980 fut × 1,310 fut) maydonni egallaydi. Butun inshootning balandligi, tepalik bilan qoʻshib hisoblaganda, atrofdagi hududdan 40 metrgacha yetadi.
Atrofdagi tuzilmalar Arxeologik tadqiqotlar hozirgi inshoot atrofida oʻn ikki minorali ikki qatlamli qal’a devori mavjud boʻlganligini aniqlagan. Asl oʻn ikki minoradan faqat ikkitasi saqlanib qolgan boʻlib, ular mavjud qal’aning shimoli-gʻarbiy va janubi-gʻarbiy tomonlarida joylashgan.
Namlik yutgich Falak ol-Aflak qal’asi namlikka taʼsirchan boʻlgan tosh va yogʻoch kabi turli xil materiallardan qurilgan. Shu boisdan, qal’a Xurramobod shahrining eng baland nuqtasida barpo etilgan. Bu esa shamolning bino ichiga kirib, uning poydevorlarini quritishiga imkon beradi.
Joriy holati Qal’ani tiklash XXI asr boshlarida Luriston viloyatining madaniy meros, xalq hunarmandchiligi va turizm tashkiloti Falak-ol-Aflak qal’asini qayta tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qildi. 2010-yilda rekonstruksiya ishlari yakunlangan. Madaniy meros obyektini tiklash doirasida tosh plitalarni taʼmirlash, loy gʻishtlarni almashtirish, bino ichidagi ravoqlarni tiklash va derazalarni taʼmirlash ishlari amalga oshirilganروزنامه ایران، ضمیمه ایران زمین(لرستان)، سال شانزدهم، شماره ۴۶۱۲ ، ۷ مهر ۱۳۸۹، صفحه ۴. Qal’a Eron Madaniy Meros Tashkiloti tomonidan boshqariladi va qoʻriqlanadigan tarixiy yodgorlik hisoblanadi.
Yana qarang Sosoniylar meʼmorchiligi Eron meʼmorchiligi Erondagi qalʼalar roʻyxati
Manbalar
Havolalar
Lorestan Province Cultural Heritage Organization
Turkum:Sosoniylar qalʼalari Turkum:Eron qalʼalari Kategoriya : Erondagi qamoqxonalar