Eronda futzal Eron Islom Respublikasi futbol federatsiyasining Futzal boʻlimi nazorati ostida oʻtkaziladi. Futzal mamlakatda mashhur va rivojlanayotgan sport turidir.

Eron kuchli milliy futzal jamoasiga ega boʻlib, Osiyo futzal chempionatining faqat toʻrtta musobaqasidan tashqari barcha turnirlarida chempion boʻlgan. Eronning milliy futzal superligasi Osiyodagi eng nufuzli futzal ligasi hisoblanadi. Eronning „Shensa FSC“ klubi qitʼa boʻyicha klublar oʻrtasidagi futzal chempionatining birinchi gʻolibi hisoblanadi.

Eronda nafaqat qitʼaning, balki butun dunyoning eng sara futzalchilari mavjud. Ular orasida xalqaro maydonda 330 dan ortiq gol urgan jahonning eng samarali futzalchisi Vahid Shamsaei ham bor.

Eronlik futzal jamoalarining muvaffaqiyati qisman koʻchada oʻynaladigan „Gol Koochik“ (kichik darvoza) uslubidagi futbolga bogʻliq. Bu oʻyinda taxminan 100x60 sm oʻlchamli darvoza va yengil toʻp ishlatiladi. Koʻplab eronliklar aynan shunday futbol oʻynashadi. Bu oʻyinda ajoyib toʻp boshqarish mahorati talab etiladi va oʻyinchilar toʻpni chaqqonlik bilan boshqarishni oʻrganishlari zarur hisoblanadi.

Natijalar

Osiyo

Musobaqalar Oʻ Gʻ D M UG OʻG GFAFC erkaklar futzal Osiyo kubogi 105 98 3 4 963 150 +863AFC ayollar futzal Osiyo kubogi 10 10 0 0 58 9 +49AFC erkaklar futzal U-20 Osiyo kubogi 12 11 0 1 68 25 +43AFC ayollar futzal U-20 Osiyo kubogi 0 0 0 0 0 0 0AFC erkaklar klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionati 50 40 3 7 242 105 +137AFC ayollar klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionati 0 0 0 0 0 0 0Osiyo yopiq inshootlar oʻyinlari (erkaklar) 28 27 1 0 279 42 +237Osiyo yopiq inshootlar oʻyinlari (ayollar) 19 12 0 7 109 39 +70 Umumiy 224 198 7 19 1719 370 +1349

Markaziy Osiyo

Musobaqalar Oʻ Gʻ D M UG OʻG GFMOFA erkaklar futzal chempionati 5 4 0 1 13 3 +10MOFA ayollar futzal chempionati 17 16 1 0 137 11 +126MOFA erkaklar oʻrtasidagi futzal boʻyicha U19 chempionati 4 4 0 0 25 6 +19MOFA ayollar oʻrtasidagi futzal boʻyicha U19 chempionati 5 5 0 0 52 2 +50 Umumiy 31 29 1 1 227 22 +205

Medallar

Osiyo Erkak (lar) (1999—2024) – 17 ta turnir Ayol (lar) (2015—2018) – 2 ta turnir Yoshlar (erkak) (2017—2019) – 2 ta turnir Yoshlar (ayol) () – 0 ta turnir Klub (erkaklar) (2010—2019) – 10 ta turnir Klub (ayollar) () – 0 ta turnir Erkaklar uchun yopiq oʻyinlar (2005—2017) – 5 ta turnir Ayollar uchun yopiq oʻyinlar (2005—2017) – 5 ta turnir

Markaziy Osiyo Erkaklar (2023) – 1 ta turnir Ayollar (2022-2025) – 4 ta turnir Yoshlar (erkak) (2022) – 1 ta turnir Yoshlar (ayol) (2020) – 1 ta turnir Klub (erkak) () – 0 ta turnir Klub (ayol) () – 0 ta turnir

Erkaklar futzali Milliy terma jamoa Eron milliy futzal jamoasining birinchi xalqaro oʻyini 1992-yil 2-mayda Quvayt milliy futzal jamoasiga qarshi oʻtkazgan va dastlabki oʻyinida 19-6 hisobida gʻalaba qozongan. Eron erkaklar terma jamoasi futzal olamidagi eng kuchli jamoalardan biri hisoblanadi va hozirda FIFA reytingida beshinchi oʻrinni egallab turibdi. Eron FIFA futzal boʻyicha Jahon chempionatida olti marta ishtirok etgan, eng yaxshi natijasi 1992-yilda yarim finalga chiqqan. Eron shuningdek, OFK futzal chempionatida rekord darajadagi oʻn marta gʻalaba qozongan va uch marta Gran-pri futzal finaliga chiqqan. Vohid Shamsai Eron va xalqaro futzalning eng yaxshi toʻpurari boʻlib, 189 ta oʻyinda 390 ta gol urgan.

Eron 2016-yilgi FIFA futzal boʻyicha Jahon chempionatida 1/8 finalda amaldagi jahon chempioni Braziliyani magʻlub etgan. Choral final bosqichida Paragvayni qoʻshimcha vaqtda magʻlub etib, turnirning yarim finaliga qadar yetib borgan.

Klublar musobaqasi Hozirgi kunda Erondagi eng yuqori darajadagi klub futzal ligasi 2003-yilda tashkil etilgan Eron Futzal Superligasi hisoblanadi. Undan keyin 1-divizion va 2-divizion turadi. Superliga tarixidagi eng muvaffaqiyatli klub Shahid Mansouri Qarchak. Klub ikki marta chempionlikni qoʻlga kiritgan va uch marta ikkinchi oʻrinni egallagan.

Eron Superligasi OFK Futzal Klublar Chempionatida eng yuqori natijalarga erishgan liga sanaladi. Liga jamoalari yettita musobaqaning uchtasida gʻolib boʻlgan va yana uch marta ikkinchi oʻrinni egallagan.

Ayollar futzali Eron ayollar futzal terma jamoasi 2001-yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Jamoa ilk bor 2007-yilgi Osiyo zalda oʻtkazilgan oʻyinlarida ishtirok etib, beshinchi oʻrinni egallagan. 2013-yilda Eron ushbu musobaqada oʻzining eng yaxshi natijasiga erishdi: finalda Yaponiyaga 2:1 hisobida magʻlub boʻlib, ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan. Keyinchalik Eron Osiyo ayollar futzal chempionatida ikki marta gʻoliblikni qoʻlga kiritdi, ikkala safar ham finalda Yaponiyani magʻlub etib: 2015-yilda 1:0 hisobida, 2018-yilda esa 5:2 hisobida gʻalaba qozongan.

Yana qarang Eronda sport Eronda futbol Eron milliy futzal terma jamoasi Eron ayollar milliy futzal terma jamoasi Eron milliy futzal terma jamoasi (20 yoshgacha)

Manbalar

Havolalar Iran Futsal Live Match Results فوتسال نیوز Iran Futsal Iran Futsal

Turkum:Eronda futzal Turkum:Eronda sport