Van iyolati () – Usmoniylar imperiyasining iyolatlaridan biri. Poytaxti – Van shahri. 1548-yilda Usmoniylar imperiyasining beylerbeyliklaridan biri sifatida tashkil etilganOrhan Kılıç, XVII. Yüzyılın İlk Yarısında Osmanlı Devleti’nin Eyalet ve Sancak Teşkilatlanması, Osmanlı, Cilt 6: Teşkilât, Yeni Türkiye Yayınları, Ankara, 1999, , p. 98. . XIX asrda maydoni deb qayd etilgan.

G‘arbiy Armaniston (hozirgi Turkiyaning Sharqiy Onadoʻli viloyati) hududlarini, shuningdek, hozirgi Eronning kichik bir qismini (bugungi Urmiya shahristonidagi Sero sanjagini) oʻz ichiga olgan.

Maʼmuriy boʻlinmalari 1680–1702-yillar orasida Van beylerbeyligining maʼmuriy boʻlinmalari quyidagicha boʻlgan:

Van sanjagi (Paşa Sancağı, Van) Bitlis hukumati (Bitlis Hükûmeti, Bitlis) Hizan hukumati (Hizan Hükûmeti, Hizan) Hakkari hukumati (Hakkâri Hükûmeti, Hakkâri) Hoʻshab hukumati (yoki Mahmudiy, Hoşab Hükûmeti, Güzelsu) Karkar sanjagi (Kârkâr Sancağı, Daldere) Zeriki sanjagi (Zeriki Sancağı, Sarıca) Shirvi sanjagi (Şırvî Sancağı, Şirvan) Müküs sanjagi (Müküs Sancağı, Bahçesaray) Shitak sanjagi (Şıtak Sancağı, Çatak) Albak sanjagi (Albak Sancağı, Başkale) Ispaghird sanjagi (Espayrid Sancağı, Sürücüler) Erdjish/Arjis sanjagi (Erciş Sancağı, Erciş) Keshan sanjagi (Késan Sancağı, Ergeçidi) Adil Jevaz sanjagi (Adilcevâz Sancağı, Adilcevaz) Aghakis sanjagi (Ağakis Sancağı, Göllü) Bargeri sanjagi (Bargiri Sancağı, Muradiye tumani) Diyadin sanjagi (Diyadin Sancağı, Dyaadin) Somay sanjagi (Somay Sancağı, Sero) Horun sanjagi (Harûn Sancağı, Güzelkonak)

Manbalar

Turkum:Usmonlilar imperiyasi iyolatlari Turkum:Osiyodagi Usmoniylar iyolatlari Turkum:Armanistonda Usmoniylar davri Turkum:Van viloyati tarixi