Janubiy Koreya milliy futbol terma jamoasi, futbol boʻyicha Jahon chempionatida hozirgacha o‘n bir marta ishtirok etgan bo‘lib, 1986-yildan 2022-yilgacha ketma-ket o‘nta marta qatnashdi. Jamoa o‘zining ilk Jahon chempionatidagi o‘yinlarini 1954-yilda o‘tkazgan, biroq guruh bosqichidagi ikkala bahsda ham mag‘lubiyatga uchrab, to‘rtinchi o‘rinni egallagan. Janubiy Koreaning Jahon chempionatlaridagi eng yaxshi natijasi — 2002-yilgi musobaqada qo‘lga kiritilgan to‘rtinchi o‘rin bo‘lib, mazkur turnirga Janubiy Koreya va Yaponiya birgalikda mezbonlik qilgan. O‘sha chempionatda Janubiy Koreya 1/8 finalda Italiyani, chorak finalda esa Ispaniyani mag‘lub etib, Yevropa va Amerika qit’alaridan tashqaridagi jamoalar orasida ilk bor yarim finalga chiqqan terma jamoa bo‘ldi.
Musobaqalardagi natijalari Jahon chempionatidagi natijalariSaralashdagi natijalariYilBosqich―Yaponiya tarkibidaYaponiya tarkibida Ishtirok etmaganIshtirok etmagan Guruh bosqichi2002016211073 Ishtirok etmaganIshtiroki FIFA tomonidan rad etilgan Saralashdan oʻta olmagan420269 Ishtirok etmaganIshtirok etmagan Saralashdan oʻta olmagan412165 8341104 12561169 320174 Guruh bosqichi3012478701173 30031611920301 30214513931325 30122912921288 Toʻrtinchi oʻrin732286Mezbon sifatida qatnashgan Guruh bosqichi31113412732187 Nimchorak final41126814770227 Guruh bosqichi301236148332711 3102331812333810 Nimchorak final411258161231354 Saralashdan oʻtgan161150408 — — Jami38710213978167105441833998
Jamoa natijalari
Umumiy maʼlumotlar
Ilk bahs: Vengriyaga qarshi, 1954-yilgi Jahon chempionati, 1954-yil 17-iyun Eng yirik gʻalaba: 2:0, uch marotaba qayd etilgan: Polshaga qarshi, 2002-yilgi Jahon chempionati, 2002-yil 4-iyun Gretsiyaga qarshi, 2010-yilgi Jahon chempionati, 2010-yil 12-iyun Germaniyaga qarshi, 2018-yilgi Jahon chempionati, 2018-yil 27-iyun Eng yirik magʻlubiyat: 0:9, Vengriyaga qarshi, 1954-yilgi Jahon chempionati, 1954-yil 17-iyun
Jahon rekordlari
Eng tez oʻtkazilgan gol 11 sekund, Hakan Şükür (Turkiya), Bir musobaqadagi eng koʻp oʻtkazilgan gollar 16, Hong Deok-young, Bir musobaqadagi eng past gollar nisbati −16, 1954 Eng katta farq bilan mag‘lubiyat 9, Vengriya, 9:0 Janubiy Koreya, 1954 (birgalikdagi rekord) Pley-off bosqichidagi eng katta sensatsiya (FIFA reytingiga koʻra) +34 ta oʻrin – Janubiy Koreya (40-oʻrin) 2:1 hisobida Italiya (6-oʻrin) ustidan, 2002 Amaldagi chempion ustidan eng katta sensatsiya (FIFA reytingiga koʻra) +56 ta oʻrin – Janubiy Koreya (57-oʻrin) 2:0 hisobida Germaniya (1-oʻrin) ustidan, Reyting yetakchisi ustidan eng katta sensatsiya (FIFA reytingiga koʻra) +56 ta oʻrin – Janubiy Koreya (57-oʻrin) 2:0 hisobida Germaniya (1-oʻrin) ustidan, 2018
Jamoalararo natijalar RaqibOʻyinGʻalabaDurangMagʻlubiyatKonfederatsiya1010110CONCACAF200227−5CONMEBOL301214−3UEFA1010110UEFA1010000CONMEBOL100114–3CONMEBOL1010110UEFA3102440UEFA100123−1CAF110020 +2UEFA302135−2UEFA2101440UEFA100124−2CAF200225−3CONCACAF100105−5UEFA1010220CAF110020 +2UEFA220031 +2UEFA1010110UEFA110021 +1CAF2002210−8UEFA301213−2CONMEBOL100109−9UEFA100101−1UEFA100102−2UEFAJami38710213978
Futbolchilar rekordlari
Eng koʻp oʻyinlar thumb|Hong Myung-bo Janubiy Koreya safida Jahon chempionatida eng koʻp o‘yin oʻtkazgan futbolchi hisoblanadi. OʻrinOʻyinchiOʻyinlarGollarMusobaqalar1Hong Myung-bo1621990, 1994, 1998, 20022Park Ji-sung1432002, 2006, 20103Lee Young-pyo1202002, 2006, 20104Lee Woon-jae1101994, 2002, 2006Kim Nam-il1102002, 2006, 20106Hwang Sun-hong1021990, 1994, 2002Kim Tae-young1001998, 2002Yoo Sang-chul1021998, 2002Ahn Jung-hwan1032002, 2006Lee Chun-soo1012002, 2006Kim Young-gwon1022014, 2018, 2022Son Heung-min1032014, 2018, 2022
Toʻpurarlar thumb|Park Ji-sung Janubiy Koreya safida Jahon chempionatida eng koʻp gol urgan futbolchilardan biri hisoblanadi. OʻrinOʻyinchiGollarOʻyinlarMusobaqalar1Ahn Jung-hwan3102002, 2006Son Heung-min3102014, 2018, 2022Park Ji-sung3142002, 2006, 20104Lee Jung-soo242010Cho Gue-sung242022Lee Chung-yong272010, 2014Hwang Sun-hong2101990, 1994, 2002Yoo Sang-chul2101998, 2002Kim Young-gwon2102014, 2018, 2022Hong Myung-bo2161990, 1994, 1998, 2002
Mukofotlar Janubiy Koreya Jahon chempionatida jamoaviy mukofotni qo‘lga kiritgan yagona Osiyo jamoasi hisoblanadi: 2002-yilda ular musobaqani to‘rtinchi o‘rin bilan yakunlaganidan so‘ng, „Eng tomoshabop jamoa“ (Most Entertaining Team) sifatida tanlangan. Shu yilning o‘zida, Hong Myung-bo va Yoo Sang-chul Yulduzlar jamoasiga kiritilgan. Janubiy Koreya, futbolchisi ushbu jamoaga kiritilgan yagona Osiyo jamoasi hisoblanadi. Shuningdek, Hong Myung-bo Bronza to‘p (Bronze Ball) mukofotiga sazovor bo‘lib, bu mukofotni olgan birinchi osiyolik futbolchi bo‘lgan.
Qo‘shimcha ma’lumotlar
1954 Janubiy Koreya Jahon chempionatida ilk bor 1954-yilda ishtirok etgan va Osiyodan turnirga kirgan ikkinchi jamoa bo‘lgan (birinchisi Indoneziya). Saralash o‘yini 1954-yil mart oyida, Koreya urushi tugaganidan deyarli bir yil o‘tib o‘tkazilgan. Osiyo zonasi uchun faqat Janubiy Koreya va Yaponiya kurashgan, ammo koreyslar raqib va sobiq kolonizatorlariga viza bermagani sababli, ikkala saralash o‘yini ham Tokioda o‘tkazilgan. Butun tarkibi harbiy xizmatchilardan iborat bo‘lgan Janubiy Koreya jamoasi Yaponiya ustidan birinchi o‘yinda 5:1 hisobida g‘alaba qozonib, ikkinchi o‘yinda 2:2 durang o‘ynagan.
Janubiy Koreya Vengriya va Turkiyaga qarshi o‘yinlar o‘tkazib, mos ravishda 0:9 va 0:7 hisobida yutqazgan. Hong Deok-young esa bitta Jahon chempionatida eng ko‘p gol o‘tkazgan darvozabonga aylangan.
2-guruh jadvaliOʻrinJamoaNatija12200173+144Pley-off bosqichiga yoʻllanma2210179–223210184+4242002016–160
1986 Janubiy Koreya Osiyo saralashining birinchi bosqichida Malayziya va Nepalga qarshi o‘yinlar o‘tkazdi. Birinchi bosqichdagi guruh g‘oliblariga aylangan Janubiy Koreya, ikkinchi bosqichda Indoneziya, yakuniy bosqichida esa Yaponiya ustidan g‘alaba qozondi. Shu orqali ular Osiyo uchun ajratilgan ikkita yoʻllanmalardan birini qo‘lga kiritdi.
Jahon chempionatida Janubiy Koreya A guruhiga Argentina, Bolgariya va Italiya bilan joylashtirildi. Ularning birinchi o‘yini Argentina bilan bo‘lib, 3:1 hisobida yutqazildi; o‘yinda Diego Maradona muhim rol o‘ynadi. Shu o‘yinda Park Chang-sun Janubiy Koreyaning Jahon chempionatidagi ilk golini kiritdi. Ikkinchi o‘yinda Janubiy Koreya yomg‘ir ostida Bolgariya bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi, so‘nggi guruh o‘yinida esa amaldagi chempion — Italiyadan 3:2 hisobidagi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.
A guruhi jadvaliOʻrinJamoaNatija1321062+45Pley-off bosqichiga yoʻllanma2312054+143302124−224301247−31
1990 Janubiy Koreya Osiyo saralash bosqichidan to‘qqiz g‘alaba va ikki durang bilan oʻtdi. Biroq, ular guruh bosqichidagi barcha — Belgiya, Ispaniya va Urugvayga qarshi bahslarda yutqazdi. Hwangbo Kwan Ispaniyaga qarshi oʻyinda uzoq masofadan urgan zarbasi bilan Janubiy Koreya uchun turnirdagi yagona golni kiritdi.
E guruhi jadvaliOʻrinJamoaNatija1321052+35Pley-off bosqichiga yoʻllanma2320163+343311123−134300316−50
1994 Osiyoning yakuniy saralash bosqichidagi eng yaxshi ikki jamoa 1994-yilgi Jahon chempionatiga yo‘l olishi mumkin edi, ammo Janubiy Koreya Shimoliy Koreyaga qarshi oxirgi saralash o‘yini o‘tkazilishidan oldin Yaponiya va Saudiya Arabistonidan bir ochko ortda edi. Boshqa jamoalarning natijalarisiz Janubiy Koreya Jahon chempionatiga chiqolmas edi. Iroq hujumchisi Jaffar Omran Yaponiya bilan Qatar poytaxtida oʻtkazilgan o‘yinning so‘nggi soniyalarida gol kiritdi va o‘yin 2:2 hisobidagi durang bilan tugadi. Janubiy Koreya esa Shimoliy Koreyaga qarshi o‘yinda 3:0 hisobida g‘alaba qozonib, yakunda Yaponiya bilan bir xil ochko jamladi. Ammo Janubiy Koreya Yaponiyaga nisbatan yaxshiroq gollar nisbatiga egaligi sabab, Jahon chempionatiga yo‘l oldi, va bu natija Janubiy Koreyada „Doha mo‘jizasi“ deb nomlandi.
1994-yilgi Jahon chempionatida Janubiy Koreya Ispaniya va Boliviyaga qarshi teng natijali o‘yinlar o‘tkazdi, ammo Germaniyaga 3:2 hisobida magʻlub boʻlib, guruh bosqichida turnirdan chiqib ketdi.
C guruhi jadvaliOʻrinJamoaNatija1321053+27Pley-off bosqichiga yoʻllanma2312064+253302145−124301214−31
1998 Janubiy Koreya jamoasining sobiq yulduzi Cha Bum-kun 1998-yilgi Jahon chempionatida jamoani boshqargan. Meksikaga qarshi birinchi o‘yinning birinchi bo‘limida, Ha Seok-ju jarima zarbasidan gol kiritdi, ammo uch daqiqa o‘tib, noto‘g‘ri toʻqnashuv tufayli maydondan chetlatildi. Ikkinchi bo‘limda Janubiy Koreya 1:0 hisobidagi ustunligini saqlay olmadi va Meksika uch gol urdi. Keyingi o‘yinda Niderlandiyaga 5:0 hisobida yutqazilganidan so‘ng, Cha Bum-kun iste’foga chiqdi. Uning o‘rnini yordamchi murabbiy Kim Pyung-seok egalladi va jamoa Belgiya bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
E guruhi jadvaliOʻrinJamoaNatija1312072+55Pley-off bosqichiga yoʻllanma2312075+253303033034301229−71
2002 Janubiy Koreya 2002-yilgi Jahon chempionatiga Yaponiya bilan birga mezbonlik qilgan. Gollandiyalik murabbiy Guus Hiddink va uning vatandoshi Pim Verbeek boshchiligidagi Janubiy Koreya jamoasi guruhdagi birinchi o‘yinda Polsha ustidan g‘alaba qozonib, Jahon chempionatidagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Keyingi o‘yinda ular Qo‘shma Shtatlar bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi, so‘nggi guruh o‘yinda esa Portugaliyani 1:0 hisobida mag‘lub etib, guruh g‘olibi sifatida pley-offga yo‘l oldi.
Nimchorak finalda Janubiy Koreya Italiyani qo‘shimcha vaqt yakunida 2:1 hisobida mag‘lub etdi, ammo o‘yinda Francesco Tottining ikkinchi sariq kartochkasi va Damiano Tommasiga nisbatan ofsayd kabi bahsli hakamlik qarorlari bo‘lgan. Janubiy Koreya chorak finalda Ispaniyani penaltilar seriyasida mag‘lub etdi. Biroq, ular yarim finalda Germaniyaga 1:0 hisobida mag‘lub bo‘lib, oldinga yurishi yakunlandi. Ular uchinchi o‘rin uchun o‘yinda Turkiyaga 3:2 hisobida yutqazib, turnirni to‘rtinchi o‘rin bilan yakunladi. Jamoa sardori Hong Myung-bo esa Bronza to‘p (Bronze Ball) mukofotiga sazovor bo‘ldi.
D guruhi jadvaliOʻrinJamoaNatija1321041+37Pley-off bosqichiga yoʻllanma2311156−143310264+234310237−43
2006 Sobiq murabbiy Jo Bonfrère jamoani 2006-yilgi Jahon chempionatiga olib chiqdi, ammo Koreya futbol assotsiatsiyasi kutgan natijalarini ta’minlay olmadi. Bonfrèrening o‘rnini Dick Advocaat egallab, Jahon chempionatida ishtirok etdi, biroq Advocaat turnir boshlanishidan oldin sirli ravishda Rossiyaning Zenit klubi bilan shartnoma tuzganligi uchun tanqid qilindi.
Murabbiylar bilan bog‘liq bahslarga qaramay, Janubiy Koreya Togo ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi va yakunda finalga chiqqan Fransiya bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Biroq, oxirgi guruh o‘yinida Shveysariyadan 2:0 hisobidagi mag‘lubiyatni qabul qilib, guruh bosqichidayoq turnirni tark etdi.
G guruhi jadvaliOʻrinJamoaNatija1321040+47Pley-off bosqichiga yoʻllanma2312031+253311134−144300316−50
2010
Koreya futbol assotsiatsiyasi 2007-yilgi AFC Osiyo Kubogi vaqtida Pim Verbeek ruhiy zo‘riqish tufayli iste’fo berganidan so‘ng, Huh Jung-mooni qayta murabbiy etib tayinladi. Huh boshchiligida Janubiy Koreya Osiyo saralashining yakuniy bosqichi guruhida to‘rtta g‘alaba va to‘rtta durang bilan mag‘lubiyatsiz holda g‘olibi bo‘lib, 2010-yilgi turnirga osonlik bilan yo‘l oldi. Saralash o‘yinlarida jamoaning hujumida Park Ji-sung, Park Chu-young, Lee Chung-yong va Ki Sung-yuenglar oʻynadi va ular jamoaning eng muhim to‘rtta futbolchisi sifatida baholangan.
Janubiy Koreya B guruhida to‘rt ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab, pley-off bosqichiga yo‘l oldi. Biroq, nimchorak finalda Urugvayga mag‘lub bo‘lib, turnirdan chiqarildi.
B guruhi jadvaliOʻrinJamoaNatija1330071+69Pley-off bosqichiga yoʻllanma2311156–143310225–334301235–21
2014