Filippin o'yin-kulgi va o'yin korporatsiyasi (PAGCOR; filippincha: Korporasyon sa Libangan at Palaro ng Pilipinas) – Filippin hukumati tasarrufidagi davlat korporatsiyasi bo‘lib, mamlakatda o‘yin va qimor faoliyatini tartibga soluvchi asosiy organ hisoblanadi. Shuningdek, PAGCOR “Casino Filipino” brendi ostida respublikaning yirik shaharlari bo‘ylab joylashgan bir nechta kazino filiallariga egalik qiladi va ularni bevosita boshqaradi.

PAGCOR vakolatiga esa Filippin Xayriya Lotereyasi Idorasi (PCSO) tomonidan o‘tkaziladigan lotereyalar hamda Games and Amusements Board (GAB) tomonidan tartibga solinadigan ot poygalari kirmaydi.

Ushbu korporatsiya 1977-yilda Prezident Farmoni №1869 orqali tashkil etilgan. PAGCOR davlat byudjetiga tushum bo‘yicha Daromadlar byurosi va Bojxona byurosidan keyin uchinchi o‘rinda turadi. Korporatsiya Filippin Prezidenti Devoni tasarrufida faoliyat yuritadi.

Manbalar

Havolalar