Amara Nallo (2006-yil 18-noyabrda tugʻilgan) – angliyalik futbolchi, Angliya Premyer-ligasi ishtirokchisi „Liverpool“ klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati "Vest Xem Yunayted" klubi akademiyasining tarbiyalanuvchisi. 2023-yilda „Liverpul“ klubi Nalloni oʻz tarkibiga qoʻshib olgan. 2024-yil 28-fevralda u birinchi marta „Sautgempton“ jamoasiga qarshi Angliya kubogidagi oʻyini uchun „qizillar“ning qaydnomasiga kiritilgan, biroq maydonga tushmagan. 2025-yilning 29-yanvarida u „Liverpul“ safida debyut qilgan. Chempionlar ligasining „PSV“ klubiga qarshi oʻyinida zaxiradan maydonga tushgan, ammo maydonga chiqqanidan 4 daqiqa oʻtgach qizil kartochka olgan. 2025-yil 29-oktabrda Kristal Pelasga qarshi EFL kubogi oʻyinida Alexis Mac Allister oʻrniga, zaxiradan maydonga tushgan. Amara klub tarkibida ikkinchi marta maydonga tushdi va birozdan yana qizil kartochka olgan.

Terma jamoadagi faoliyati 2024-yil mart oyida Nallo Chexiya, Germaniya va Niderlandga qarshi Pinatar Superkubogi uchrashuvlari uchun Angliya U18 terma jamoasiga ilk bor chaqirildi. U 2024-yil 20-mart kuni Pinatar Arenada Chexiyaga qarshi 2:1 hisobidagi gʻalaba bilan yakunlangan oʻyinda oʻz debyutini oʻtkazdi.

2024-yil 12-oktyabrda Nallo Marbellada Niderlandga qarshi 4:1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda Angliya U19 terma jamoasi safida ilk bor maydonga tushdi.

Oʻyin uslubi "West Ham"ning 16 yoshgacha boʻlgan jamoasi murabbiyi Carlton Cole Nalloni „markaziy himoyaning Rolls Royceʼi“ deb taʼriflagan. Cole, shuningdek, uning „yuqori salohiyatga ega“ ekanligini, „ajoyib chap oyogʻi“ borligini, „toʻp bilan harakatlanganda nafis koʻrinishini“ va „ikki oyogʻi bilan ham“ toʻp oʻynay olishini taʼkidlagan.

Shaxsiy hayoti Maʼlumotlarga koʻra, Nalloning ildizlari Syerra-Leone davlatiga borib taqaladi. Faoliyat statistikasi

+ Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaFA kubogiEFL kubogiYevropaBoshqaJamiDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarLiverpool U212023–24————30302024–25————1010Total————4040Liverpool2024–25Premyer-liga000010100020Career total000010104060

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:West Ham United F.C. futbolchilari Turkum:Liverpool F.C. futbolchilari