Sezar salati (, baʼzan Cesar, César yoki Cesare shaklida yoziladi; shuningdek Caesar’s salad nomi bilan ham tanilgan) – bu rim salati barglari va quritilgan yoki qovurilgan non boʻlakchalariga limon yoki laym sharbati, zaytun moyi, tuxum, Vorcestershir sousi, anchovy, sarimsoq, Dijon xantal, Parmezan pishlogʻi va qora murch qoʻshib, tayyorlanadigan salat.
Bu salat 1924-yil 4-iyul kuni Meksikaning Tixuana shahrida joylashgan Caesar’s restoranida Caesar Cardini tomonidan yaratilgan. Oʻsha kuni oshxona juda gavjum, mahsulotlar esa boʻlgani uchun Kardini mavjud masalliqlardan foydalanib yangi salat ixtiro qilgan. Salat dastlab mijozlar stoli yonida tayyorlangan va hozir ham asl restoranida shu uslubda tayyorlanishda davom etadi. Tarixi Sezar salatining yaratilishi odatda restoran egasi Caesar Cardiniga tegishli deb hisoblanadi. U Italiyadan koʻchib kelgan muhojir boʻlib, Meksika va AQShda bir nechta restoranlarni boshqargan. Cardini San-Diyegoda yashagan, ammo uning eng mashhur restoranlaridan biri — „Caesar’s“ — Meksikaning Tixuana shahrida joylashgan edi. U bu joyni AQShdagi „Quruq qonun“ davri cheklovlaridan qochib, spirtli ichimlik isteʼmol qilish uchun Meksikaga keluvchi amerikalik mijozlarni jalb etish maqsadida ochgan. Cardinining qizi Rosaning soʻzlariga koʻra, otasi 1924-yil 4-iyul kuni Tixuanadagi restoranida oshxona mahsulotlari tugab qolgan paytda yangi salatni ixtiro qilgan. U mavjud masalliqlardan foydalangan holda salat tayyorlagan va ungasalatni mijoz stoli yonida aralashtirib berish kabi oʻziga xos teatrona uslub qoʻshgan. Boshqa baʼzi manbalarda esa salatni Caesar Cardinining ukasi Alex Cardini tayyorlagani aytiladi. U dastlab bu salatni „Aviator salati“ deb atagan, chunki u spirtli ichimliklar taqiqlangan davrda Meksikaga uchib kelgan uchuvchilar uchun tayyorlangan edi. Shuningdek, Cardinining bir nechta xodimlari ham bu salatni oʻzlari ixtiro qilganini daʼvo qilgan. Mashhur afsonalardan birida esa bu salatning yaratilishi Julius Caesar bilan bogʻliq deyiladi, biroq bu faqat afsona hisoblanadi. Sous thumb|Ustiga gril tovuq go‘shti qo‘shilgan salat Sezar salati uchun tayyor souslar hozirda koʻplab kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilib, savdoga chiqariladi. Ularga Cardini’s, Bolthouse Farms, Kenʼs Foods, Marzetti, Newmanʼs Own, Panera Bread, Trader Joeʼs va Whole Foods Market brendlari kiradi.
Cardini’s, Caesar Cardini’s va Original Caesar Dressing savdo belgilarining barchasi 1950-yil fevral oyiga borib taqaladi, biroq ularning rasmiy roʻyxatdan oʻtishi ancha yillar keyin amalga oshirilgan.
Retsepti thumb|Caesar’s restoranida berilgan Sezar salati Koʻplab retseptlarda uchraydigan asosiy masalliqlar quyidagilardir: Rim salati barglari Zaytun moyi Ezilgan sarimsoq Tuz Dijon xantali Qora murch Limon sharbati Vorchestershir sousi Anchovy (yoki sardina) Butun tuxum yoki tuxum sarigʻi – xom, yumshoq pishirilgan yoki issiq suvda qaynatilgan holda Qirgʻichdan oʻtkazilgan Parmezan pishlogʻi Quritilgan yoki qovurilgan non boʻlakchalari
Baʼzida grilda pishirilgan tovuq goʻshti bilan bezatiladi. Shuningdek, salatning turli uslublarida barg turi oʻzgartiriladi, tovuq yoki dudlangan goʻsht (masalan, bekon) qoʻshiladi yoki anchovy va tuxum kabi ingredientlar butunlay chiqarib tashlanadi.
Tixuanadagi asl Caesar’s restorani hozirgi retseptida laym sharbati ishlatadi, biroq zamonaviy retseptlarning aksariyatida limon sharbati yoki sirkadan foydalaniladi.
Baʼzi oshpazlar esa Sezar salati nomining mashhurligidan foydalanib, bu taomning umami, yogʻ va tuz taʼmini saqlagan holda, asl retseptga uncha oʻxshamaydigan yangi, tajribaviy variantlarini yaratadi. Manbalar
Adabiyotlar
Havolalar
History of salads Turkum:Salatlar