Timur Ruslanovich Arslanbekov (1976-yil 14-mayda tugʻilgan) – rossiyalik futbol hakami. Rossiya chempionatida oʻyinlarni boshqargan.
Faoliyati Futbolchi sifatida Tojikistonning „ Xoʻjand“ klubida yarim himoyachi sifatida oʻynagan. Timur 1999-yilda hakamlik faoliyatini boshlagan. Rossiyadagi hakamlik faoliyatini 2002-yilda boshlagan. Dastlab ikkinchi divizion, Rossiya kubogi va oʻrinbosarlar turniri oʻyinlarida laynsmen sifatida ishlagan. Keyinchalik birinchi divizionda laynsmen boʻlib ishlagan, 2004-yildan esa bosh hakam boʻlib ishlagan. U oʻrinbosarlar turniri, ikkinchi va birinchi divizion oʻyinlarida hakamlik qilgan.
2011-yil 10-aprel kuni Rostov-Donning „Rostov“ – „Volga“ jamoalari oʻrtasidagi 4-tur uchrashuvida bosh hakam sifatida Premyer-ligada debyut qilgan. Uchrashuv mehmonlarning 3:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlangan, Arslanbekov sakkizta sariq kartochka koʻrsatdi, ulardan biri qizil kartochkaga aylangan. 2017-yilning 1-aprelida boʻlib oʻtgan FNL chempionati doirasidagi Fakel Voronej – „Kuban Krasnodar“ (2:2) uchrashuvida qoniqarsiz ishlagani uchun u mavsum oxirigacha hakamlikdan chetlatilgan, bu oʻyin uning professional darajadagi hakamlik faoliyatidagi soʻnggisi boʻlgan.
2019-yilning yozida FNL ishhtirokchisi „Nefteximik Nijnekamsk“ klubi sport direktori etib tayinlangan. Shu bilan birga, u klubda tarjimon sifatida ham qayd etilgan. Bu lavomizim orqalik oʻyin davomida bosh murabbiy yonida oʻyin davomida hamrohlik qilar edi. 2020/21-yilgi mavsumda u haqida raqib klublar („Torpedo“ Moskva, Baltika Kaliningrad) rahbarlarining „bosh murabbiydan koʻra faolroq harakat qilishi va hakamlarga bosim oʻtkazishi“ haqida bayonotlar berilgan edi. 11-noyabr kuni FNL chempionatining 21-turidan oʻrin olgan „SKA-Xabarovsk“ – „Nefteximik“ oʻyini yakunlanganidan soʻng u diskvalifikatsiyaga uchradi. 25-noyabr kuni „Nefteximik“ – „Nijniy Novgorod“ oʻrtasidagi 24-tur oʻyinida u Nijniy Novgorod bosh murabbiyi Robert Yevdokimov bilan janjallashgani uchun qizil kartochka olib, zaxiradan chetlatilgan.
Manbalar
Havolalar Timur Arslanbekov RPL saytida Timur Arslanbekov Footballfacts.ru saytida
turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha hakamlar Turkum:Tojikistonlik erkak futbolchilar Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Xoʻjand klubi futbolchilari Turkum:Rossiyalik futbol hakamlari