Kotryna Kulbytė – Litvalik futbol tahlilchisi, murabbiylar oʻqituvchisi va UEFAning PRO darajasidagi futbol murabbiyi boʻlib, hozirda Oʻzbekiston ayollar milliy terma jamoasiga bosh murabbiylik qilmoqda.

Faoliyat 2014-yildan 2018-yilgacha u Litvaning bir nechta futbol klublari akademiyasida oʻgʻil bolalar murabbiyi boʻlib ishlagan. Ayni paytda, 2015-yildan 2018-yilgacha Litvaning 15 yoshgacha boʻlgan qizlar milliy terma jamoasida yordamchi murabbiy vazifasini bajargan.

2015-yildan 2018-yilgacha u Litvaning 15 va 17 yoshgacha boʻlgan qizlar milliy terma jamoalarida yordamchi murabbiy sifatida faoliyat yuritgan. 2016-yildan 2019-yilgacha Litva milliy qizlar futbol akademiyasining bosh murabbiyi lavozimida ishlagan.

2019-yildan 2020-yilgacha u Braziliyada yashab, individual mahorat boʻyicha murabbiy sifatida faoliyat olib borgan.

2020-yildan boshlab yosh futbolchilar guruhlari bilan ishlay boshlagan: Litvaning 15 va 17 yoshgacha boʻlgan qizlar jamoalarida yordamchi murabbiy sifatida.

2020-yildan 2023-yilgacha „Vilnyus“ ayollar futbol klubining bosh murabbiyi va texnik direktori lavozimlarida ishlagan.

2021-yildan 2025-yilgacha u Litvaning 15 va 17 yoshgacha boʻlgan qizlar milliy terma jamoalari bosh murabbiyi, murabbiylik taʼlimi boʻyicha mutaxassis (UEFA C va UEFA B litsenziyalari boʻyicha UEFA instruktori) sifatida faoliyat yuritgan, shuningdek, Litva futbol federatsiyasi qoshidagi Ayollar futboli va murabbiylar taʼlimi boʻlimida ishlagan. Shu bilan birga, 2022-yildan 2025-yilgacha u Litva katta ayollar milliy terma jamoasining yordamchi murabbiyi vazifasini bajargan.

2025-yil 16-yanvarda Oʻzbekiston ayollar milliy terma jamoasining bosh murabbiyi etib tayinlandi. Uning murabbiyligi qoʻl ostida Oʻzbekiston terma jamoasi oʻz tarixida oltinchi marta 2026-yilgi Osiyo kubogiga yoʻllanma qoʻlga kiritgan.

Shaxsiy hayoti U ingliz, portugal va rus tillarini mukammal biladi.

Manbalar

Havolalar Kotryna Kulbytė Globalsportsarchive saytida Kotryna Kulbyte Elitefootball saytida Kotryna Kulbytė Sofascore saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Litvalik futbol murabbiylar Turkum:Litvalik muhojir futbol murabbiylar Turkum:Oʻzbekiston ayollar milliy futbol terma jamoasi murabbiylari Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir futbol murabbiylar Turkum:Oʻzbekistondagi litvalik muhojir sportchilar