Murat Aksoy – turk jurnalisti. U Turkiyadagi hukumatning OAVga bosimi tufayli ishini yoʻqotgan taniqli sharhlovchilardan biri edi. U 2016-yil sentyabr oyida „qurolli terrorchi tashkilot aʼzoligi“da ayblanib, turk qoʻshiqchisi Atilla Tash va boshqa 27 kishi bilan birga qamoqqa olingan. Garchi sud uni ozod qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan boʻlsa-da, prokurorning shikoyatidan soʻng bu qaror bekor qilingan. 2018-yil 8-mart kuni Murat Aksoy 2 yil 1 oy qamoq jazosi hukm qilingan. 2019-yil 4-yanvarda u sinov muddati asosida ozodlikka chiqqan.
Manbalar