Mechouia salati (Tunis arabchasida: سلاطة مشوية, lotin yozuvida: slata meshwiya, „grilda pishirilgan salat“) – Tunis milliy taomlari qatoriga kiradi. Shimoliy Afrikadagi ziravorli taomlarni yaxshi koʻruvchi Tunis mamlakatining juda mashhur birinchi taomi hisoblanib, ayniqsa yoz faslida koʻp isteʼmol qilinadi. Salatning odatda grilda pishirilgan sabzavotlar – pomidor, qalampir, piyoz va sarimsoq, baʼzan esa baqlajon qoʻshib tayyorlanadi. Sabzavotlar duxovkada pishiriladi yoki gazda qovuriladi, soʻngra maydalanadi, ziravorlar qoʻshiladi va keyin tunets baligʻi hamda zaytun moyi bilan aralashtiriladi. Bezak sifatida ustiga koʻpincha qaynatilgan tuxum qoʻyiladi.

Sogʻliqqa foydasi

Mechouia salati likopen antioksidantining asosiy ozuqaviy manbai hisoblanadi. Likopenning sogʻliq uchun foydalari koʻp boʻlib, jumladan yurak kasalliklari va saraton xavfini kamaytirishi mumkin. Bu salat, shuningdek, C vitamini, kaliy, folat va K vitaminining ajoyib manbaidir. Uning tarkibida tolalar, E va C vitaminlari ham mavjud. Shimoliy Afrika aholisi uni yalligʻlanishni kamaytirish va infeksiyalarni davolash uchun ishlatadi. Yana qarang Arab salatlari roʻyxati

Manbalar

Turkum:Arab salatlari