1992–93-yilgi mavsum boshida Angliya Premyer-ligasi tashkil etilganidan beri musobaqada jami 34 nafar futbolchi 100 yoki undan ortiq gol kiritgan. Bu futbolchilar umumiy holda 100 Club deb ataladi. Roʻyxatda 1888–1992-yillarda oʻtkazilgan Futbol ligasining Birinchi divizioni davridagi gollar va futbolchilar hisobga olinmagan, unda faqat 1992-yildan keyin Premyer-ligada 100 ta gol kiritgan futbolchilar koʻrsatilgan.
Alan Shearer Premyer-ligada eng koʻp gol urish rekordi egasi boʻlib, uning hisobida 260 ta gol mavjud. U atigi 124 oʻyinda 100 gol urishga erishgan ilk futbolchi aylangan, bu natija 1995–96-yilgi mavsum davomida roʻy bergan. Harry Kane esa 141 oʻyinda 100 gol urib, bu koʻrsatkich boʻyicha ikkinchi eng tezkor futbolchi sanaladi. Michael Owen esa 23 yosh-u 133 kunligida 100 gol urib, bunday natijaga erishgan eng yosh futbolchi boʻlgan. Dwight Yorke 2000-yilning noyabrida 100 gol urgan ilk ingliz bo‘lmagan futbolchi bo‘ldi. 2025/26-yilgi mavsum holatiga koʻra, Mohamed Salah Premyer-ligada eng ko‘p gol urgan hozirda faol futbolchi, shuningdek, eng ko‘p gol kiritgan legioner hisoblanadi. Didier Drogba 2012-yil mart oyida 100 gol urgan ilk afrikalik futbolchi boʻldi. 2016-yil aprelida esa Sergio Agüero 100 gol marrasiga yetgan birinchi janubiy amerikalik futbolchi sifatida tarixga kirdi. Son Heung-min 2023-yil aprelida 100-golini urib, bunday natijaga erishgan ilk osiyolik futbolchi boʻldi. 34 futbolchidan oltitasi 100 ta golini penaltilarsiz kiritgan: Sadio Mané, Peter Crouch, Emile Heskey, Les Ferdinand, Andy Cole va Ryan Giggs.
Hozirda Premyer-ligada faol oʻynayotgan futbolchilar orasida roʻyxatga eng yaqin boʻlgan Erling Haalandning hisobida 93 ta gol mavjud (Haaland bu koʻrsatkichga atigi 103 oʻyinda erishgan boʻlib, 100 gol marrasiga eng tez yetgan futbolchiga aylanishi mumkin). Chris Wood 91 ta, Callum Wilson esa 89 ta golga ega.
Oʻyinchilar
Qalin uslubda berilgan futbolchilar hozirda Premyer-ligada toʻp surmoqda. Yotiq uslubda berilgan futbolchilar hozirda professional faoliyatini boshqa ligalarda oʻtkazmoqda.
+Angliya Premyer-ligasida 100 yoki undan ortiq gol kiritgan futbolchilar roʻyxatiOʻrinOʻyinchiGollarJamoa(lar) (gollar/oʻyinlar)1 Alan Shearer26044119922006, 2 Harry Kane21332020122023, 3 Wayne Rooney20849120022018, 4 Mohamed Salah18830520142025, 5 Andy Cole18741419932006, , , , , , 6 Sergio Agüero18427520112021Manchester City7 Frank Lampard17760919962015, , 8 Thierry Henry17525819992012Arsenal9 Robbie Fowler16337919932008, , , 10 Jermain Defoe16249620012018, , , , 11 Michael Owen15032619972013, , , 12 Les Ferdinand14935119922004, , , , , 13 Teddy Sheringham14641819922006, , , , 14 Jamie Vardy1453422014202515 Robin van Persie14428020042015, 16 Jimmy Floyd Hasselbaink12728819972007, , , Son Heung-min33320152025Tottenham Hotspur18 Robbie Keane12634919992012, , , , , 19 Nicolas Anelka12536419972014, , , , , 20 Dwight Yorke12337519922009, , , , Raheem Sterling39620122024, , , 22 Romelu Lukaku12127820112022, , , 23 Steven Gerrard1205041998201524 Ian Wright11321319921999, 25 Sadio Mané11126320142022, Dion Dublin31219922004, , 27 Emile Heskey11051619952012, , , , 28 Ryan Giggs10963219922014Manchester United29 Peter Crouch10846820022019, , , , , , 30 Paul Scholes1074991994201331 Darren Bent10627620012014, , , , , 32 Didier Drogba10425420042015Chelsea33 Cristiano Ronaldo10323620032022Manchester United34 Matt Le Tissier10027019922002
Galereya
Izohlar
Manbalar
Turkum:Angliya Premyer-ligasi rekordlari va statistikasi