Horun ibn Xumoravayh (; 904-yil 30-dekabrda vafot etgan) Misrning toʻrtinchi Tuluniy vassal amiri (896—904). Qoʻshin boshliqlari tomonidan oʻldirilgan akasi Abulasakir Jayshning oʻrnini egallagan. Davlat ishlarini vazir Abu Jaʼfar ibn Aliga topshirib qoʻyib, oʻzi maishatparastlik qilib yashashni maʼqul koʻradi. Bu holat mamlakatda tobora kuchayib borayotgan inqirozga sabab boʻlgan. Chunki davlat moliyasini boshqarish tobora imkonsiz boʻlib borib, hokimiyatni asta-sekinlik bilan armiya rahbarlari oʻz qoʻllarida toʻplay boshlaydilar.

Xumoravayh vafotidan soʻng, taxtga uning voyaga yetmagan vorislari chiqishi bilan mamlakat beqarorlik pallasiga kirdi. 896-yil noyabr oyida Xumoravayhning oʻgʻli Jaysh ibn Xumoravayh taxtdan agʻdarilib, qatl etildi. Oʻrniga ukasi Horun ibn Xumoravayh () hokimiyat tepasiga keldi. Al-Muʼtazid yuzaga kelgan vaziyatdan foydalandi. 897-yilda chegaradagi at-Tugʻur viloyatlari ustidan nazoratini kengaytirdi. Tuluniylarni Homs shimolidagi Suriyaga tegishli barcha yerlarni qaytarishga majbur qildi. Xalifa Horun hokimiyatini tan olishi evaziga yillik soliq miqdorini dinorgacha oshirdi. Keyingi bir necha yil davomdia Tuluniylar hududlarida ichki tartibsizliklar davom etib, qarmatlarning hujumlari ham kuchayib bordi. Bu holat Tuluniylar tarafdorlarining koʻpchiligi qayta kuch toʻplayotgan xalifalik tomoniga oʻtib ketishiga sabab boʻldi.

Abbosiylar xalifaligi vaziyatdan foydalanib, 904-yilda Tuluniylar qoʻl ostidagi Suriya hududiga bostirib kirdi. Tuluniylar qoʻshini chekingach, xalifalik qoʻshinlari Nil vodiysiga kirishga muvaffaq boʻldi. Horun armiya qoʻzgʻoloni natijasida oʻldirildi. Horunning amakisi Shaybon uning vorisi va Tuluniylarning soʻnggi hukmdori boʻlgan. Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:9-asrda tugʻilganlar Turkum:904-yilda vafot etganlar Turkum:9-asr Tuluniy amirlari Turkum:Tuluniy amirlar Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar