Alua Balkibekova (1996-yil 24-noyabrda tugʻilgan, Olmaota, Qozogʻiston) – qozogʻistonlik ayol bokschi. Boks boʻyicha Qozogʻiston milliy terma jamoasi aʼzosi, havaskorlar oʻrtasidagi xalqaro va milliy turnirlarining koʻp karra chempioni va sovrindori.
Faoliyati 2022-yil Turkiyaning Istanbul shahrida IBA boks boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida kumush medali sovrindori boʻlgan.
2023-yil Hindistonning Nyu-Dehli shahrida IBA boks boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida bronza medali sovrindori boʻlgan.
2025-yil Serbiyaning Nish shahrida oʻtkazilgan IBA boks boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida oltin medali sovrindori boʻlgan. Oʻsha yili sentyabr oyida Angliyaning Liverpul shahrida oʻtkazilgan boks boʻyicha Jahon chempionati finalida turkiyalik bokschi Buse Naz Çakıroğlu ustidan gʻalaba qozonib, oltin medalni qoʻlga kiritgan.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Qozogʻistonlik ayol bokschilar