Ilyās Farhāt (1893-1976) – Livanlik shoir boʻlib, Lotin Amerikasida yashagan va ijod qilgan.

Ilyās Farhāt 1893-yilda Usmonli imperiyasining Kafarshima shahrida kambagʻal oilada tugʻilgan. U boshlangʻich taʼlimni zoʻrgʻa tugatgan va yoshligidanoq ishlay boshlagan boʻlsa-da, livan lahjasida xalq sheʼriyati naʼmunalarini yozishni boshlagan. 1910-yilda u Braziliyadagi akalariga qoʻshilish uchun koʻchib oʻtgan va u yerda sayyor sotuvchi sifatida kun kechirishga harakat qilgan. Keyinchalik Ilyās Farhāt rasmiy sheʼriyat asarlarini yozgan va 1925-yilda oʻzining birinchi toʻplamini nashq ettirish orqali tan olingan.

Asarlari Rubā'iyyāat Farhāt [Farhat ruboiylari], Braziliya, 1925 Dīvān Farhāt [Farhat devoni], Braziliya, 1932. Muqaddima – Jorj Hassun Maʼluf Ahlām al-rā 'ī [Choʻponning tushi], San-Paulu: Majallat al-Sharq, 1952 Divān Farhāt [Tanlangan sheʼrlar], 4 jild, San-Paulu, 1954. Muqaddima – Habib Masʼud. Rubā'iyyāat Farhāt al-Rabī' [Bahor] al-Sayf [Yoz] al-Xarīf [Kuz] Qāla al-rāvī [Hikoyachi aytadi], Damashq: Suriya Madaniyat vazirligi, 1965 Favākih rij’iyyah [Kech mevalar], Damashq: Suriya Madaniyat vazirligi, 1967 Matlaʼ al-shitā [Qishning kelishi], Qohira: Maktabat al-Qohira, 1967

Manbalar