Abu Yoqub Yusuf yoki Yusuf I (; 1135 – 1184-yil 14-oktyabr)Abdelwahid al-Marrakushi „al-Mojib fi Talkhis Akhbar al-Maghrib“ [The Pleasant Book in Summarizing the History of the Maghreb] (1224) pp.125-126 – Muvahhidlar davlatining ikkinchi amiri (xalifasi). 1163-yildan 1184-yilgacha Marokashda hukmronlik qilgan. Sevilladagi yangi bosh masjidning bir qismi sifatida Giralda minorasini qurdirgan. Shuningdek, falsafaga chin dildan ixlosmand boʻlib, mashhur faylasuf Averroes (Ibn Rushd)ning homiysi boʻlgan.
Hayoti Yusuf Muvahhidlar sulolasining birinchi xalifasi Abdulmoʻminning oʻgʻli edi. Uning onasi Safiyya binti Abu Imron boʻlib, Tinmeldan chiqqan Masmuda qabilasiga mansub ayol va Ibn Tumartning safdoshi Abu Imron Muso ibn Sulaymon al-Kafifning qizi edi.
Yusuf Muvahhidlar taʼlimotini qoʻllab-quvvatlagan, oʻzidan oldingilar singari Islom huquqshunosligining zohiriylar (soʻzma-soʻz talqin qiluvchi) maktabini yoqlagan hamda oʻzi ham diniy olim boʻlgan. Aytishlaricha, u paygʻambar Muhammadning soʻzlarini toʻplab, sunniylik mazhabida kanonik hisoblangan ikki asar – „Sahihi Buxoriy“ va „Sahihi Muslim“ asarlarini yoddan bilgan. U oʻz davrining ilohiyot olimlariga ham homiylik qilganShawqi Daif, Introduction to Ibn Madaʼs Refutation of the Grammarians, pg. 5. Cairo, 1947.. Uning saroyida Ibn Rushd (Averroes) va Ibn Tufayl kabi hurmatga sazovor adabiyot va ilm ahllari mehmon boʻlganKojiro Nakamura, „Ibn Madaʼs Criticism of Arab Grammarians.“ Orient, v. 10, pgs. 89-113. 1974. Yusufning hukmronlik davrida kordovalik qomusiy olim Ibn Mada bosh qozi boʻlgan va hukmdor ham uni hurmat qilgan. Muvahhid islohotlari davrida ular birgalikda zohiriylarga mansub boʻlmagan diniy asarlarni taqiqlash ishlarini nazorat qilganKees Versteegh, The Arabic Linguistic Tradition, pg. 142. Part of Landmarks in Linguistic Thought series, vol. 3. New York: Routledge, 1997. . Keyinchalik Yusufning oʻgʻli al-Mansur bu islohotlarni yanada kuchaytirib, ulari taqiqlash bilangina cheklanib qolmay, balki zohiriy boʻlmagan kitoblarni yoqib yuborishga ham buyruq berganShawqi Daif, Introduction to Ibn Madaʼs Refutation of the Grammarians, pg. 6. Cairo, 1947..
1170-yilda u Iberiyaga bostirib kirdi, Al-Andalusni bosib oldi, shuningdek, Valensiya va Kataloniyani ham vayron qildi. Keyingi yili u hukmronligini Sevillada ham mustahkamladi"The History of the Mohammedan Dynasties in Spain, " taken from Ahmed Mohammed al-Maqqari's Nafhut Tibb min Ghusn al-Andalus al-Ratib wa Tarikh Lisan ad-Din Ibn al-Khatib. Translated by Pascual de Gayangos y Arce from copies in the British Museum. Pg. 319. London: The Orientalist Translation Fund of Great Britain and Ireland. Sold by W. H. Allen Ltd and M. Duprat.. Koʻplab binolar, jumladan, Sevilla Alkazari, Buhayra bogʻlari va Alcala de Guadaira qal’asi qurilishiga buyruq bergan. Keyinchalik Muvahhidlar Ispaniyaning ayrim hududlarini egallagach, ularning qattiq diniy siyosati tufayli hududdagi yahudiylarning gullab-yashnagan „Oltin davr“iga ham yakun yasaldi.
Abu Yoqub Yusuf Santarem qamalida (1184) yaralanib, Sevillaga qaytayotganida Évora yaqinida vafot etdi. Uning jasadi Sevilladan Tinmelga yuborilgan va oʻsha yerda dafn etilganAbdelwahid al-Marrakushi „al-Mojib fi Talkhis Akhbar al-Maghrib“ [The Pleasant Book in Summarizing the History of the Maghreb] (1224) pp.125-126.
Manbalar
Turkum:1131-yilda tugʻilganlar Turkum:12-asr xalifalari Turkum:Muvahhid xalifalari Turkum:1163-yilda tugʻilganlar Turkum:1168-yilda vafot etganlar