Tess Routliffe (1998-yil 27-sentyabrda tugʻilgan) – kanadalik paralimpiyachi, koʻplab jahon chempionatlari va Paralimpiya oʻyinlari sovrindori. 2016-yilgi Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Kanada sharafini himoya qilgan, ushbu musobaqada ayollar oʻrtasida SM7 toifasida 200 metrga individual kompleks suzish yoʻnalishida kumush medalni qoʻlga kiritgan.

Yoshlik yillari va taʼlimi Routliffe oilada uch qizning eng kichigi boʻlib, Yangi Zellandiyaning Oklend shahrida tugʻilgan. Ota-onasi Robert Routliffe va Ketrin MacLennan dunyo boʻylab sayohat qilib yurgan paytida Routliffe dunyoga kelgan. U gipoxondroplaziya kasalligi bilan tugʻilgan. Oilasi Routliffe 6 oylik boʻlgan vaqtida Kanadaga qaytib, oxir-oqibat Ontario shtatining Caledon shahriga joylashishgan. Tessning Erin va Tara ismli ikkita opasi bor, Erin tennis boʻyicha ayollar oʻrtasida juftlik bahslarida Grand Slam musobaqasi gʻolibi boʻlgan. Routliffe 3 yoshida Caledondagi Dorado Stars klubida suzish bilan shugʻullana boshlagan.

Routliffe Caledondagi Mayfield oʻrta maktabida taʼlim olgan. U Concordia universitetida Kommunikatsiya va insoniy munosabatlari boʻyicha diplom olgan.

Karyerasi Routliffe 14 yoshida suzish boʻyicha musobaqalarda ishtirok eta boshlagan. U 2014-yilda 16 yoshida Pan Tinch okeani para-suzish chempionatida 100 metrga chalqancha suzish yoʻnalishida kumush medalni qoʻlga kiritgan. Oʻsha yili 2014-yilda Swim Ontario yillik umumiy yigʻilishida „Yil para suzuvchisi“ mukofoti bilan taqdirlangan. 2015-yilda Torontoda oʻtkazilgan Speedo Cam Am para suzish chempionatida esa oltita medalga sazovor boʻlgan.

Routliffe para suzish boʻyicha xalqaro musobaqada ilk bor 2015-yilda Torontoda oʻtkazilgan Parapan Amerika oʻyinlarida ishtirok etgan. Sportchi 50 va 100 metrga erkin usulda, 100 metrga brass usulida, shuningdek, 100 metrga chalqancha suzish yoʻnalishida oltin medal, 200 metrga individual kompleks suzish yoʻnalishida esa kumush medalni qoʻlga kiritgan. 2015-yilda Shotlandiyaning Glazgo shahrida oʻtkazilgan Xalqaro Paralimpiya Qoʻmitasi Jahon chempionatida 200 metrga individual kompleks suzish boʻyicha kumush medalga sazovor boʻlgan, yana 4 ta yoʻnalishda esa masofani 4-boʻlib bosib oʻtgan. Shu yili Mike Thompson Québec shahridagi „Swimming Canada“ para suzish boʻyicha intensiv tayyorgarlik dasturiga uni taklif qilgan.

Routliffe Rio–2016 Paralimpiadasida SM7 toifasida 200 metrga individual aralash suzish yoʻnalishida kumushni medalni qoʻlga kiritib, Kanadaning yangi rekordini oʻrnatgan. Shuningdek, ushbu oʻyinlarda 5 ta yoʻnalish boʻyicha yakkalik bahslari finaliga chiqqan. 2019-yilda boʻlib oʻtgan para suzish boʻyicha jahon chempionatida sportchi 200 metrga individual aralash suzish yoʻnalishida bronza medalini qoʻlga kiritgan, bu uning jahon chempionatlaridagi ilk medali hisoblanadi.

Routliffe Tokioda oʻtkazilgan 2020-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarini oʻtkazib yuborgan, bunga sabab u ogʻirlik bilan ishlash mashgʻulotlari vaqtida bel umurtqasining L1 sohasini sindirib olgan. Routfille shundan keyin 2022-yilda suzish boʻyicha Kanadaning Bell saralash musobaqalarida ishtirok etib, multi-klass yoʻnalishida 100 metrga brass usulida suzish boʻyicha gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. 2022-yilda para suzish boʻyicha jahon chempionatida sportchi SB7 toifasida 100 metrga brass usulida suzish boʻyicha oltin, SM7 toifasida 200 metrga individual aralash usulda suzish yoʻnalishida kumush va S7 toifasida 50 metrga batterfly usulida suzish boʻyicha bronza medallariga sazovor boʻlgan.

2023-yilda Manchesterda oʻtkazilgan para suzish boʻyicha jahon chempionatida Routfille ayollar oʻrtasida SM7 toifasida 200 metrga aralash usulda suzish hamda SB7 toifasida 100 metrga brass usulida suzish boʻyicha oltin medal, S7 toifasida 50 metrga batterfly suzish yoʻnalishida kumush va 100 metrga erkin usulda suzish boʻyicha bronza medallariga ega chiqqan. Routliffening 2024-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida ayollar oʻrtasida S7 toifasida 50 metrga batterfly, SB7 toifasida 100 metrga brass va SM7 toifasida 200 metrga individual aralash suzish yoʻnalishlarida ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Shaxsiy hayoti Tess Routliffening eng katta opasi tennischi Erin Routliffe musobaqalarda Yangi Zelandiya sharafini himoya qiladi. Uning boshqa bir opasi Tara esa NCAA kollejida voleybol bilan shugʻullangan.

Manbalar

Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari sovrindorlari Turkum:Suzuvchilar 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida Turkum:Suzuvchilar 2016-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1998-yilda tugʻilganlar