Clare Bishop (sobiq familiyasi Cunningham; tugʻilgan sanasi: 15-iyun 1977-yil) – Buyuk Britaniya vakili boʻlgan, nafaqaga chiqqan paralimpiya suzuvchisi va triatlonchi. U chap bilagi boʻlmagan holatda tugʻilgan.

Clare Bishop xalqaro musobaqalarda birinchi marta 13 yoshida, Niderlandiyaning Assen shahrida boʻlib oʻtgan 1990-yilda nogironlar uchun jahon chempionati va oʻyinlarida suzish bahslarida ishtirok etgan. 1992-yilda-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida Clare Bishop ayollar oʻrtasida S9 50 metrga erkin usulda suzish bahsida oʻsha paytdagi jahon rekordi vaqtini qayd etib, gʻolib boʻlgan. U 100 metrga erkin usulda suzish, 100 metrga chalqancha usulda suzish, 4 × 100 metrga erkin usulda suzish estafetasi va 4 × 100 metrga aralash usulda suzish estafetasi musobaqalarida kumush medallarni qoʻlga kiritgan. Clare 1996-yilda-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida qatnashgan, ammo medal qoʻlga kirita olmagan. U Atlanta Paralimpiya oʻyinlaridan keyin suzish bahslaridan nafaqaga chiqqan.

2006-yilda Clare Bishop triatlon musobaqasida qatnasha boshlagan. Dastlab nogiron boʻlmagan triatlonchilarga qarshi yosh guruhlar poygalarida qatnashgan va 2009-yilda paratriatlonni kashf etilgan. TRI-4 (qoʻli nogiron) paratriatlonchisi sifatida tasniflangan Clare Bishop 2009-yilda ITU Yevropa paratriatlon chempioni va 2009-yilda jahon paratriatlon chempioni boʻlgan. U 2010, 2011 va 2012-yillarda ITU jahon paratriatlon chempionatlarida ikkinchi, 2013 va 2014-yillarda uchinchi oʻrinni egallagan.

2012-yil oxirida Clare Bishop Xalqaro Triatlon Ittifoqi sportchilar qoʻmitasiga saylangan. U va xuddi shu kuni saylangan janubiy afrikalik Oswald Kydd ITU Sportchilar qoʻmitasidagi birinchi paratriatlonchi vakillar boʻlishgan.

Clare Bishop 2016-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida paratriatlon bahslarida PT4 toifasida ishtirok etgan va yettinchi oʻrinni egallaganClare Cunningham . rio2016.com.

Rio-2016ga tayyorgarlik koʻrish uchun Clare Bishop Deloitte kompaniyasidagi sertifikatlangan buxgalter sifatidagi oʻz faoliyatidan tanaffus olgan. U Shotlandiyadagi Sent-Andrews universitetidan Ingliz tili va adabiyoti boʻyicha 2:1 MA darajasiga ega.

Nafaqaga chiqqanidan soʻng, Clare Bishop Lafboro universitetida Sport va mashqlar psixologiyasi boʻyicha magistrlik darajasini olgan. Clare Bishop endi oʻzining paralimpiya sportidagi keng tajribasidan Britaniya Paralimpiya Assotsiatsiyasida Atletlar xizmatlari boshligʻi lavozimidagi faoliyati davomida foydalanmoqda. Pekin-2022 Qishki Paralimpiada oʻyinlarida u ParalympicsGB aʼzosi sifatida oʻyinlarda, vitse-chef-de-mission sifatida, jamoa taʼlimi, himoya, farovonlik va dopingga qarshi kurashning barcha sohalariga masʼul shaxs boʻlgan.

2023-yil boshida, Bishop Sir Matthew Pinset bilan birga SportAid Vasiylar Kengashiga aʼzo etib tayinlangan. U uch yillik muddatga direktor etib saylangan.

Manbalar

Havolalar

Clare Cunninghamning veb-sayti

Turkum:Buyuk Britaniyalik paralimpiya triatlonchilari Turkum:Buyuk Britaniyalik ayol triatlonchilar Turkum:Buyuk Britaniyalik paralimpiya suzuvchilari Turkum:1992-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida suzuvchilar Turkum:1996-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida suzuvchilar Turkum:2016-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida triatlonchilar Turkum:Buyuk Britaniyalik paralimpiya oltin medali sovrindorlari Turkum:Buyuk Britaniyalik paralimpiya kumush medali sovrindorlari Turkum:1977-yilda tugʻilganlar Turkum:Sent-Andrews universiteti bitiruvchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Hillingdonliklar Turkum:Hillingdon borosilik suzuvchilar Turkum:1992-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarining medal sovrindorlari Turkum:Suzish boʻyicha paralimpiya medal sovrindorlari Turkum:S9 klassifikatsiyali para-suzuvchilar Turkum:Jahon Para-Suzish Chempionatlarining medal sovrindorlari Turkum:Ingliz ayol suzuvchilar Turkum:Buyuk Britaniyalik ayol suzuvchilar Turkum:21-asr ingliz sportchi ayolari Turkum:20-asr ingliz sportchi ayollari