Gwen Buck BEM sovrindori (1929–2005-yil 13-fevral) – britaniyalik paralimpiya sportchisi boʻlib, bir nechta sport turlari boʻyich musobaqalarda qatnashgan. U stol tennisi, chimtoʻpi va suzish boʻyicha oltin medallarni qoʻlga kiritgan va toʻrtta Paralimpiya oʻyinlari davomida bir nechta yengil atletika musobaqalarida ishtirok etgan.

Shaxsiy hayoti Gwen Buck 1929-yilda Surrey (hozirgi London)ning Richmond shahrida tugʻilgan. 1943-yilda u velosipedda temir yoʻl kesishmasidan oʻtayotganda yuk mashinasi urib yuborgan. Baxtsiz hodisa natijasida uning orqa suyagi singan va umurtqa pogʻonasi shikastlangan, bir necha yil davomida Chertseydagi Avliyo Pyotr kasalxonasida davolangan. 1946-yilda Stoke Mandeville kasalxonasiga koʻchirilganda u Ludwig Guttmann bilan uchrashib qolgan, u Buckka nogironlar aravachasida mustaqil harakatlanishni oʻrganishda yordam bergan. U yerda Gwen Buckda raqobatbardosh sportga, ayniqsa stol tennisiga qiziqish uygʻotdi va tez orada Stoke Mandeville oʻyinlarida ishtirok eta boshlagan.

Gwen Buck kollejda oʻqish va chizmachi-treyser sifatida mashgʻulotlar olish uchun Worcesterga koʻchib oʻtgan. U Richmondga qaytib kelgan va Ishlar vazirligida ish topgan. U yerda boʻlajak eri va hamkasbi nogironlar aravachasida harakatlanuvchi John bilan uchrashadi va ular 1951-yilda turmush qurishgan. Er-xotin Stoke Mandevilleda nafaqaga chiqishgan. John 1981-yilda vafot etgan. Gwen Buck esa 2005-yil 13-fevralda vafot etgan.

Oʻzining sport yutuqlari bilan bir qatorda, Gwen Buck yoshlarni sportga jalb qilishni doimo ragʻbatlantirar edi. Shuningdek, u Stoke Mandeville stadioni dizayni boʻyicha maslahatchi boʻlgan.

Sportdagi faoliyati Gwen Buckning raqobatbardosh sportga boʻlgan muhabbati Stoke Mandeville kasalxonasida paydo boʻlgan va u Stoke Mandeville oʻyinlarining doimiy ishtirokchisiga aylangan. 1960-yillarning boshiga kelib u Buyuk Britaniya nomidan Hamdoʻstlik oʻyinlari va Paralimpiya oʻyinlarida ishtirok eta boshlagan.

1964-yilda Tokioda boʻlib oʻtgan oʻyinlarda Gwen Buck Susan Cunliffe-Lister, Svinton grafinyasi bilan Ayollar juftlik B stol tennisi musobaqasida hamkorlik qilib, oltin medalni qoʻlga kiritgan. 1968-yilda Tel-Avivda boʻlib oʻtgan oʻyinlarda u boshqa sport turlariga, jumladan maysa toʻpi, suzish va uchta yengil atletika yoʻnalishi: disk uloqtirish, nayza uloqtirish va yadro uloqtirish bahslarida ham qatnashgan. U ayollar juftlik va yakkalik maysa toʻpida hamda 25 metrga erkin usulda suzish bahslarida oltin medalni qoʻlga kiritgan. Uning soʻnggi oltin medali 1972-yilda Geydelbergda boʻlib oʻtgan oʻyinlarda ayollar juftlik maysa toʻpi oʻyinlarida kechgan bahslarda olingan va 1976-yilda yana medallarni qoʻlga kiritgan, soʻngra raqobatbardosh sportni butkul tark etgan.

Gwen Buck 1970-yillarning boshida Britaniya Imperiyasi medali bilan taqdirlangan va shuningdek, Sport jurnalistlari gildiyasi tomonidan yil sportchisi mukofotini olgan.

Manbalar

Havolalar Stoke Mandeville oʻyinlari shon-sharaf roʻyxati

Turkum:1929-yilda tugʻilganlar Turkum:2005-yilda vafot etganlar Turkum:London Richmondilik odamlar Turkum:London Richmond upon Temza tumanilik sportchilar Turkum:Buyuk Britaniyalik paralimpiya sportchilari Turkum:Buyuk Britaniyalik paralimpiya chim toʻpchilari Turkum:Buyuk Britaniyalik paralimpiya suzuvchilari Turkum:Buyuk Britaniyalik paralimpiya stol tennischilari Turkum:Buyuk Britaniya paralimpiyalik oltin medal sovrindorlari Turkum:Buyuk Britaniya paralimpiyalik kumush medal sovrindorlari Turkum:Buyuk Britaniya paralimpiyalik bronza medal sovrindorlari Turkum:1968-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida yengil atletika sportchilari Turkum:1972-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida yengil atletika sportchilari Turkum:1968-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida chim toʻpchilari Turkum:1972-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida chim toʻpchilari Turkum:1976-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida chim toʻpchilari Turkum:1964-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida stol tennischilari Turkum:1968-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida stol tennischilari Turkum:1972-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida stol tennischilari Turkum:1976-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida stol tennischilari Turkum:1968-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida suzuvchilar Turkum:1964-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarining medal sovrindorlari Turkum:1968-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarining medal sovrindorlari Turkum:1972-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarining medal sovrindorlari Turkum:1976-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarining medal sovrindorlari Turkum:Ingliz ayol chim toʻpchilari Turkum:Stol tennisi boʻyicha paralimpiya medal sovrindorlari Turkum:Kort boulingi boʻyicha paralimpiya medal sovrindorlari Turkum:Suzish boʻyicha paralimpiya medal sovrindorlari Turkum:Ingliz ayol disk ulovchilari Turkum:Britaniyalik ayol disk ulovchilari Turkum:Ingliz ayol nayza ulovchilari Turkum:Britaniyalik ayol nayza ulovchilari Turkum:Ingliz ayol yadro ulovchilari Turkum:Britaniyalik ayol yadro ulovchilari Turkum:Britaniyalik ayol suzuvchilar Turkum:Britaniya Imperiyasi medali sovrindorlari Turkum:Nogironlar aravachasida disk uloqtiruvchilar Turkum:Nogironlar aravachasida nayza uloqtiruvchilar Turkum:Britaniyalik Nogironlar aravachasida yadro uloqtiruvchilar Turkum:Paralimpiya disk uloqtiruvchilari Turkum:Paralimpiya nayza uloqtiruvchilari Turkum:Paralimpiya yadro uloqtiruvchilari Turkum:Ingliz ayol suzuvchilar Turkum:20-asr ingliz sportida ayollar