Irina Igorivna Zaretska (, ; 1996-yil 4-mart, Odessa, Ukraina) – ozarbayjonlik (oldin ukrainalik) karatechi, 2020-yili Tokiodagi Olimpiada oʻyinlari kumush medali sovrindori, uch karra jahon chempioni (2018, 2021, 2022 va 2022-yillarda Yevropa oʻyinlarida va 2017 va 2022-yillardagi Islom birdamligi oʻyinlarida gʻalaba qozongan).

Hayoti Irina Igorevna Zaretska 1996-yil 4-martda Odessada tugʻilgan. Oʻzining soʻziga koʻra, uch yoshidan karate bilan shugʻullangan. Uning birinchi murabbiyi Sergey Slavuta. Irina Vladimir Kolesnikdan bir yil davomida katani oʻrgangan. 2005-yildan boshlab sportchini murabbiy Denis Morozov shugʻullantiradi.

Irina maktabni oltin medal bilan tugatgan va Odessa yuridik akademiyasining sud-maʼmuriy fakultetida tahsil olgan.

Chernovtsi shahridan boʻlgan karatechi Aleksandr Dojuk bilan turmush qurgan.

Yutuqlari 2015-yil Bokuda boʻlib oʻtgan Yevropa oʻyinlarida 68 kg vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritgan.

2015-yil 29-iyun kuni 1-Yevropa oʻyinlarida erishgan yuksak yutuqlari va Ozarbayjonda sportni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun „Shuhrat“ ordeni bilan taqdirlangan.

2016-yil Monpelyeda boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida Ozarbayjon terma jamoasi tarkibida kumite boʻyicha jamoaviy turnirda birinchi oʻrinni egallagan.

2017 va 2021-yillardagi Islom birdamlik oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritib, birinchi oʻrinni egallagan.

2018-yilda Karate Premyer-ligasida (Berlin) kumush medalni qoʻlga kiritib, ikkinchi oʻrinni egallagan.

2018-yilgi Yevropa chempionatida Irina finalda shveytsariyalik sportchiga yutqazib, ikkinchi oʻrinni egallagan.

Madridda boʻlib oʻtgan 2018-yilgi Yevropa chempionati finalida rossiyalik Viktoriya Isayevani magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritgan. Irina Zaretska Ozarbayjon karatesi tarixida yoshi kattalar darajasida bunga erishgan ikkinchi sportchi hisoblanadi .

2023-yilgi karate boʻyicha Yevropa chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan.

2023-yilda Budapeshtda boʻlib oʻtgan karate boʻyicha jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan.

Manbalar

Turkum:Odessada tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1996-yilda tugʻilganlar Turkum:4-martda tugʻilganlar