1924-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari (fransuzcha: Jeux olympiques d'été de 1924), rasmiy nomi VIII Olimpiada oʻyinlari (fransuzcha: Jeux de la VIIIe olympiade) va rasmiy brendi Paris 1924 — Fransiyaning Parij shahrida oʻtkazilgan xalqaro sport turlari musobaqasi. Ochilish marosimi 1924-yil 5-iyulda boʻlib oʻtdi, biroq ayrim musobaqalar 4-maydayoq boshlangan edi. Bu oʻyinlar Parij mezbonlik qilgan ikkinchi olimpiada boʻldi (1900-yildan soʻng).
1924-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlari mezbonini tanlash jarayonida oltita nomzod ishtirok etdi va Parij Amsterdam, Barselona, Los-Anjeles, Praga hamda Rimdan ustun kelib, 1921-yilda Lozannada boʻlib oʻtgan XX Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi sessiyasida mezbon sifatida tanlandi. Oʻyinlar xarajati 10 000 000 frank (2022-yilda taxminan 10,1 million yevroga teng) deb baholangan. Umumiy tushum 5 496 610 frankni (2022-yilda 5,53 million yevro) tashkil etgan. Kuniga 60 ming tomoshabinni jalb etishiga qaramay, olimpiada katta moliyaviy zarar bilan yakunlangan. AQSh terma jamoasi umumiy hisobda birinchilikni qoʻlga kiritdi. AQSh 229 sportchi bilan ishtirok etgan boʻlsa, Fransiya tarkibida 401 sportchi qatnashdi.
Ishtirokchi davlatlar
1924-yilgi Olimpiada oʻyinlarida jami 44 davlat vakillari ishtirok etdi. Germaniya oʻyinlarda ishtirok etmadi, chunki tashkiliy qoʻmita tomonidan taklif qilinmagan edi. Xitoy, Ekvador, Irlandiya, Litva va Urugvay ilk bor olimpiada oʻyinlarida qatnashdi. Filippin esa ilk bor milliy delegatsiya sifatida olimpiada oʻyinlarida ishtirok etdi. Latviya va Polsha ham birinchi marta Yozgi Olimpiada oʻyinlarida qatnashdi, ular ilgari 1924-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan edi.
1924-yilgi olimpiadada quyidagi davlatlar ham ishtirok eti: Avstriya, Bolgariya, Kuba, Gaiti, Vengriya, Meksika, Ruminiya va Turkiya.
Oʻsha davrda Avstraliya, Yangi Zelandiya, Kanada, Janubiy Afrika va Irlandiya Britaniya imperiyasi tarkibidagi dominionlar edi. Hindiston ham Britaniya imperiyasi tarkibida boʻlib, biroq dominion maqomiga ega emas edi.
Ishtirokchi Milliy olimpiya qoʻmitalari
(mezbon)
Xitoy ham ochilish marosimida qatnashdi, biroq uning toʻrtta sportchisi (barchasi tennischilar) musobaqada ishtirok etishdan voz kechdi
Milliy olimpiya qoʻmitalari boʻyicha sportchilar soni Mamlakat Sportchilar 401 239 229 200 172 153 129 108 90 89 89 77 75 70 65 65 62 51 49 44 41 39 37 36 33 31 31 30 30 26 24 22 13 13 12 11 9 9 8 7 7 4 4 3 1 Jami 3,089
Medallar hisobi
1924-yilgi Olimpiada oʻyinlarida medal qoʻlga kiritgan davlatlar.
1 45272799625,552 14131037256,53 13151038277,54 91312342415 835161286 781025160,57 52310648 4131229221,59 415107110 373138911 31263612 252970,513 23495814 200233,7515 1451063,516 13264117 11463318 11132119 1001720 031432,520 031437,622 01121223 00116,523 00111323 0011623 0011923 0011428 0000628 0000630 0000330 0000332 0000233 0000133 00001 Jami 126127125378 —
Manbalar
Havolalar
Turkum:1904-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari