Lodovica Comello (1990-yil 13-aprelda tugʻilgan) – italiyalik aktrisa, teleboshlovchi, qoʻshiqchi va raqqosa. Argentinaning Disney kanalida namoyish etilgan „Violetta“ serialidagi Francesca roli bilan xalqaro miqyosda mashhurlikka erishgan.
Hayoti Comello Italiyaning Udine shahri yaqinidagi San Daniele del Friuli komunnasida tugʻilib oʻsgan. U yoshligidan sanʼatga, aktyorlikka, raqsga, gitara chalishga boʻlgan ishtiyoqini namoyish etdi. Comello 8 yoshida gitara darslarini boshladi. Oʻrta maktabda musiqa nazariyasini oʻrgandi va boʻsh vaqtida raqs va aktyorlik bilan shugʻullandi. Comello San-Daniel del Friulidagi I.S.I.S. Superiore Vincenzo Manzini oʻrta maktabida oʻqidi. Maktabda oʻqib yurgan vaqtida u tanlovda gʻolib chiqdi va mukofot sifatida Avstriyaga sayohat qilish imkoniyatini qoʻlga kiritdi.
Gastrol safarlari Faqat oʻzi Lodovica World Tour (2015) #Noi2 Tour (2017)
Hammualliflikda Violetta en Vivo (2013–2014)
Manbalar
Havolalar