Abu Ali Muhammad ibn Ubaydulloh al-Xoqoniy () – Abbosiylar xalifaligining yuqori martabali amaldori, 912—913-yillarda xalifalik vaziri lavozimida xizmat qilgan.

Muhammad ibn Ubaydulloh xalifa al-Mutavakkil va al-Mu’tamid hukmronligi davrida ikki marta vazir lavozimida xizmat qilgan taniqli Ubaydulloh ibn Yahyo ibn Xoqonning oʻgʻli boʻlgan. Mashhur tarixchi at-Tabariy unga ustozlik qilgan boʻlib, aytilishicha, har oyda u oʻn tilla dinor maosh olgan. Muhammad Ali ibn al-Furotning raqibi boʻlgan. 912-yil 23-iyulda xalifa al-Muqtadirning vaziri etib tayinlangan va 913-yil 16-avgustgacha shu lavozimda faoliyat yuritgan. Uning vazirlik davri xalifalik moliyasini mustahkamlashga urinishlar bilan ajralib turadi. Xususan, oʻsha vaqtda Banu al-Furot guruhiga mansub lavozimdan chetlatilgan amaldorlarga ogʻir jarimalar solingan. U, shuningdek, hanbaliylik mazhabini qoʻllab-quvvatlagan va shuning ketidan shialarga qarshi choralar koʻrilgan. Ishdan boʻshatilgandan soʻng, Ali ibn Iso al-Jarroh tomonidan hibsga olingan. Keyinchalik 917-yilda yana vazirlikka qaytgan raqibi Ibn al-Furot tomonidan qamoqqa olingan. Muhammad ibn Ubaydulloh 924/925-yilda vafot etgan. Shuningdek, uning oʻgʻli Abdulloh ham 924–925-yillarda qisqa muddat vazir lavozimida xizmat qilgan.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Abbosiylar xalifaligining asirlari va mahbuslari Turkum:924-yilda vafot etganlar