Abu Muhammad Ahmad ibn Aʼtam al-Kufiy al-Kindiy () – IX asrda yashagan arab millatiga mansub musulmon tarixchisi, shoir va voiz. VIII asr oxiri – IX asr boshlarida faol shaxs boʻlgan. Shialik mazhabining axboriy oqimiga mansub boʻlib, uning otasi 765-yilda vafot etgan oltinchi imom Jaʼfar as-Sodiqning shogirdi edi.

Ibn Aʼsam al-Kufiyning vafot etgan sanasi, odatda, hijriy 314-yil (milodiy 926/967) deb koʻrsatilgan boʻlsa-da, bu maʼlumot xato hisoblanadi.

Uning yirik „Kitob al-futuh“ (Fathlar kitobi) asari xalifa al-Maʼmun hukmronligi davrida () yaratilgan. Ibn Aʼtamning ushbu asari hozirda ikki jildlik qoʻlyozma shaklida Ahmad III 2956 raqami ostida Istanbulda saqlanadi.

Manbalar

Turkum:9-asr arab shaxslari Turkum:9-asr Abbosiylar xalifaligi tarixchilari