Juvayniylar oilasi – Xurosonning Juvayn mintaqasiga mansub fors oilasi boʻlib, eng mashhur vakillari Shamsuddin Juvayniy (vaf. 1284) va uning akasi Ota-Malik Juvayniy (vaf. 1283) hisoblanadi. Bu oila Sheroziy va Tusiy Nosiriddin kabi olim va shoirlarga homiylik qilgani bilan mashhur edi.
Oilaning nasl-nasabi Abbosiy xalifasi Horun ar-Rashid (hukmronligi 786-809) davrida yuqori lavozimlarda ishlagan al-Fazl ibn ar-Rabiyga (vaf. 823/4) borib taqaladi. Oilaning gullagan davrida ular Ziyoriylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar va Hulokuiylar kabi turli sulolalar xizmatida boʻlishgan.
Mashhur vakillari
Juvayniy, sunniy shofiʼiy faqih va mutakallim ilohiyotchi Muntajabuddin Badiiy Juvayniy, Ahmad Sanjar (hukmronligi 1118-1157) davri devoni insho kotibi Bahouddin Muhammad ibn Ali Juvayniy, Elarslon (hukmronligi 1156-1172) davri shoiri Shamsiddin Muhammad ibn Muhammad Juvayniy, Alouddin Muhammad II (hukmronligi 1200-1220) va uning oʻgʻli Jaloliddin Manguberdi (hukmronligi 1220-1231) davri davlat gʻaznachi (mustavfiy) Bahouddin Muhammad ibn Muhammad Juvayniy, Xorazmshohlar va Hulokuiylar davri amaldori Ota-Malik Juvayniy, Hulokuiylar davri Iroq hokimi Shamsuddin Juvayniy, Hulokuiylar davri 1263–1284-yillarda vazir va moliya vaziri (sohibi devon) Bahouddin Muhammad Juvayniy, Hulokuiylar davri Fors Iroqi va Yazd hokimi Sharofiddin Horun Juvayniy, shoir va Hulokuiylar davrida Anatoliya hokimi
Manbalar
Adabiyotlar