Sulaymon at-Tajir () – IX asrda yashagan musulmon savdogar, sayyoh va yozuvchi. Hozirgi Eronning Sirof shahridan boʻlgan. Hindiston va Xitoyga sayohat qilib, bu sayohatlariga oid hisobot yozgan. Uning ushbu asari koʻpincha Abu Zayd as-Sirofiy tomonidan yozilgan shunga oʻxshash sayohatnomalar bilan bogʻliq holda tilga olinadiCf. the bilingual Accounts of China and India, ed. by Tim Mackintosh-Smith, NYU Press, 2017.. Asosan, Tan sulolasi davrida Xitoyning Guanchjou shahriga qilgan safari bilan mashhur boʻlib, u yerda ishlab chiqarilgan chinni buyumlarning nihoyatda yuqori sifati uni hayratga solgan.
Hayoti Sulaymon haqida maʼlumotlar juda kam, savdogar boʻlgan va shu sababli ham unga „at-Tojir“ („savdogar“) laqabi berilgan. Hindistonga Pala imperiyasi davrida tashrif buyurgan va „Ruhma“ nomli qirollikni tilga olib, ularning harbiy qudratini eʼtirof etgan. Shuningdek, Gurjara-Pratihara imperiyasining buyuk hukmdorlaridan biri Mihira Bhoja haqida ham yozib qoldirgan. Uning yozishicha, Mihira Bhoja „musulmonlarning ashaddiy dushmani“ boʻlib, yirik qoʻshin, shuningdek, kuchli otliq qoʻshinga ega edi.
Manbalar
Turkum:Eronlik yozuvchilar