Tijjani Martinus Jan Reijnders (1998-yil 29-iyulda tugʻilgan) – niderlandiyalik professional futbolchi boʻlib, Saudiya Pro ligasining „Al-Qadsiah“ klubi va Niderlandiya milliy terma jamoasida yarim himoyachi pozitsiyasida toʻp tepadi.

Reijnders Niderlandiyaning turli yoshlar jamoalarida oʻynaganidan soʻng, professional futbolchilik karyerasini oʻz tugʻilib oʻsgan shahrining jamoasi, PEC Zvolle klubida boshlagan. 2017-18-yilgi mavsumda u boshqa golland klubi AZ Alkmaar safiga oʻtgan. Soʻngra, 2019-20-yilgi mavsum yakunigacha RKC Vaalveyk klubiga ijaraga berilgan va keyinchalik AZ tarkibiga asosiy oʻyinchi sifatida qaytib kelgan. 2023-yil yozida u „Milan“ klubi bilan shartnoma imzolagan va 2024-25-yilgi Italiya Superkubogini qoʻlga kiritishga erishgan.

Reijnders 20 yoshdan oshganlar jamoasidan boshlab Niderlandiya milliy terma jamoasi aʼzosiga aylangan. U mamlakat katta terma jamoasi safida 2023-yil sentyabr oyida debyut oʻyinini oʻtkazgan.

Yutuqlari Milan

Italiya Superkubogi: 2024–25 Italiya kubogi finalchisi: 2024–25

Shaxsiy yutuqlar

A Seriyaning mavsumning eng yaxshi jamoasi aʼzosi: 2024–25 A Seriyaning eng yaxshi yarim himoyachisi: 2024–25

Manbalar

Havolalar

Profile Manchester City F. C. website Profile Niderlandiya Qirollik futbol assotsiatsiyasi veb-sayti (niderland tilida)

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Niderlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:AZ Alkmaar futbolchilari Turkum:Jong AZ futbolchilari Turkum:RKC Waalwijk futbolchilari Turkum:PEC Zwolle futbolchilari Turkum:AC Milan futbolchilari Turkum:Manchester City F.C. futbolchilari Turkum:Al Qadsiah FC futbolchilari Turkum:Eredivisie futbolchilari Turkum:Eerste Divisie futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Niderlandiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari