Abubakr Muhammad (941-yilda vafot etgan) Chagʻoniyonning ilk muhtojiy hukmdori (939-yilgacha) va Somoniylar Xurosoni noibi (933—939) boʻlgan. Muzaffar ibn Muhtojning oʻgʻli. Kelib chiqishi Muhtojiylarning kelib chiqish tarixi nomaʼlum. Mazkur nom zamonaviy tarixchilar tomonidan sulolaning taxminiy ajdodi Muhtoj ( Muḥtoj) sharafiga berilgan. Sulola ilk oʻrta asrlarda Chagʻoniyonni boshqargan Chagʻonxudodlarning avlodlari boʻlishi mumkin. Yana bir ehtimoliy taxmin shuki, sulolaning ajdodlari mintaqaga koʻchib kelib, keyinchalik forslashib ketgan arablar boʻlgan. Nima boʻlganda ham, Chagʻoniyon 10-asr boshlarida Buxoro Somoniylarining vassaliga aylangan edi. Biografiyasi Sulolaning manbalarda qayd etilgan birinchi toʻlaqonli hukmdori Abubakr Muhammaddir. Somoniylar hukmronligi ostidagi Fargʻona noibi boʻlgan. 929-yilda Somoniylar amiri Nasr II oʻz aka-ukalari tomonidan vaqtincha hokimiyatdan chetlatilgan davrda Muhammad amirga sodiqligini saqlab qoldi. Natijada, Nasr yana hokimiyatga qaytishga muvaffaq boʻlgach, Muhammadni Balx viloyati noibi etib tayinlagan. 939-yilda esa Xuroson noibi lavozimiga tayinladi. Muhammad Xuroson hukmdori boʻlib turgan davrida shimoliy Eron hududidagi turli daylamiy guruhlarga qarshi jangler olib borgan. Muhammad 939-yilda kasal boʻlib qolgach, oʻrniga Abu Ali Chagʻoniy tayinlangan. Abubakr Muhammad 941-yilda vafot etgan. Manbalar Bosworth, C. E. "Al-e Mohtaj." Encyclopedia Iranica. 22 September 2006. <http://www.iranicaonline.org/articles/al-e-mohtaj-a-local-dynasty>
Turkum:941-yilda vafot etganlar Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:Osiyoning 10-asr monarxlari Turkum:10-asr eroniylari Turkum:Somoniylar generallari Turkum:Xurosonning Somoniy noiblari