AFC birinchi bosqichi – 2026-yilgi Jahon chempionati saralashining ilk bosqichi boʻlib, u shu bilan birga 2027-yilgi Osiyo kubogi saralashining ham birinchi bosqichi sifatida xizmat qilgan. Ushbu bosqich 2023-yil 12-oktabrdan 17-oktabrgacha boʻlib oʻtdi.

Format Jami yigirma jamoa uy va safardagi oʻyinlardan iborat oʻn juftlikka qur’a orqali taqsimlandi, gʻoliblar ikkinchi bosqichga yoʻl oldi. Ikkinchi bosqich qur’asi birinchi bosqich qur’asi bilan bir kunda oʻtkazilgani sababli, har bir gʻolib allaqachon ikkinchi bosqichdagi taqvimi bilan tanish edi.

Taqvim Taqvim quyidagicha edi: TurSanaBahslar1-tur2023-yil 12-oktabrA vs B2-tur2023-yil 17-oktabrB vs A

Qur’a Birinchi bosqich uchun qur’a 2023-yil 27-iyul kuni Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida oʻtkazildi.

Ushbu 20 jamoa oʻnta juftlikka boʻlingan boʻlib, har bir juftlik 2023-yil 12- va 17-oktabr kunlari uyda hamda safarda oʻyinlar oʻtkazdi. Qavs ichidagi raqamlar 2023-yil iyul holatiga koʻra FIFA erkaklar jamoalari reytingini bildiradi.

Izoh: Qalin harflar bilan yozilgan jamoalar ikkinchi bosqichga yoʻl oldi. 1-savatcha2-savatcha

Natijalar Oʻnta gʻolib jamoa saralashning ikkinchi bosqichiga yoʻl oldi.

Oʻyinlar

Afgʻoniston umumiy – 2–0 hisobida gʻalaba qozondi va ikkinchi bosqichga yoʻl oldi.

Bangladesh umumiy – 3–2 hisobida gʻalaba qozondi va ikkinchi bosqichga yoʻl oldi.

Singapur umumiy – 3–1 hisobida gʻalaba qozondi va ikkinchi bosqichga yoʻl oldi.

Yaman umumiy – 4–1 hisobida gʻalaba qozondi va ikkinchi bosqichga yoʻl oldi.

Myanma umumiy – 5–1 hisobida gʻalaba qozondi va ikkinchi bosqichga yoʻl oldi.

Pokiston umumiy – 1–0 hisobida gʻalaba qozondi va ikkinchi bosqichga yoʻl oldi.

Xitoy Taypeyi umumiy – 7–0 hisobida gʻalaba qozondi va ikkinchi bosqichga yoʻl oldi.

Indoneziya umumiy – 12–0 hisobida gʻalaba qozondi va ikkinchi bosqichga yoʻl oldi.

Gonkong umumiy – 4–2 hisobida gʻalaba qozondi va ikkinchi bosqichga yoʻl oldi.

Nepal umumiy – 2–1 hisobida gʻalaba qozondi va ikkinchi bosqichga yoʻl oldi.

Eng yaxshi magʻlub boʻlgan jamoalar reytingi Birinchi bosqich 2027-yilgi Osiyo Kubogi uchun dastlabki saralash vazifasini ham bajaruvchi bosqich boʻldi. Dastlab rejalashtirilganidek, eng yuqori reytingga ega magʻlub jamoa toʻgʻridan-toʻgʻri Osiyo Kubogi saralashining uchinchi bosqichiga oʻtishi kerak edi, qolganlari esa Shimoliy Mariana orollari bilan birga pley-off bosqichida qatnashishi koʻzda tutilgan edi. Biroq, Guam jamoasi saralashdan chiqib ketganligi va Shimoliy Mariana orollari 2024-yil 1-mayda eʼlon qilingan pley-off bosqichi qur’asiga kiritilmagani sababli, eng yuqori uchta magʻlub jamoa (Butan, Maldiv orollari va Laos) toʻgʻridan-toʻgʻri uchinchi bosqichga oʻtib oldi, qolgan olti jamoa esa play-off bosqichida ishtirok etdi.

Toʻpurarlar

Intizom Bir oʻyinchi quyidagi qoidabuzarliklar uchun keyingi oʻyindan avtomatik tarzda diskvalifikatsiya qilindi: Qizil kartochka olish (qizil kartochka sabab berilgan jazolar jiddiy qoidabuzarliklar uchun uzaytirilishi mumkin) Turli oʻyinlarda ikki marta sariq kartochka olish (sariq kartochka sababli berilgan jazolar keyingi saralash bosqichlariga oʻtadi, ammo final yoki boshqa xalqaro oʻyinlarga taʼsir qilmaydi) Ushbu jazo birinchi bosqich quyidagi futbolchiga nisbatan ishlatilingan:

Jamoa Oʻyinchi Jazo turi Jazo sifatida diskvalifikatsiya Tsend-Ayush Khurelbaatar Afgʻonistonga qarshi (2023-yil 12-oktabr) Afgʻonistonga qarshi (2023-yil 17-oktabr)Ozarbayjonga qarshi (2024-yil 22-mart)

Manbalar

Izohlar

Turkum:2023-yilda Osiyo futboli