Habib ibn Muhammad al-Ajami al-Basriy (() Habib al-Ajamiy () va Habib al-Forsiy () nomi bilan ham tanilgan) – nasli fors boʻlgan musulmon soʻfiy tasavvufchi, avliyo va asoriy. Manbalarda uning vafoti haqida turli sanalar keltirilgan, masalan, hijriy 113 (milodiy 731), 120 (738), 125 (743), 130 (747-48). Habib Ajamiy ziyoratgohi Basrada joylashgan. Hasan Basriyning shogirdidir. Al-Ajamining shogirdi esa Dovud ToiydirArberry, A. J., Muslim Saints and Mystics: Episodes from the Tadhkirat Al-Auliyaʼ ('Memorial of the Saints'). Abridged from Tadhkirat Al-Auliya by Farid al-Din Attar. London, England.: Penguin (Non-Classics), 1990. , 32-38.

Ibn Hajarning aytishicha, Habib ishonchli hadis roviyidirTahzib al-Tahzib, II, 189. Hasan Basriy, Ibn Sirrin, Abu Tamima al-Hujaymiy va Bakir ibn Abdulloh undan hadis rivoyat qilishgan, Sulaymon Taymiy, Hammod ibn Salama, Jaʼfar ibn Sulaymon va Moʻtamir ibn Sulaymon undan rivoyat qilgan. Buxoriy uni „al-Adab al-mufrad“ (I, 366) va „at-Tarixul-kabir“ (II, 326) asarlarida ham eslab oʻtgan. Garchi Ibn al-Javziy hadis roviyi Habibni boshqa shaxs desa-daSifat al-Safwa, III, 321, bu maʼlumotlarga, agar boshqa manbalar tomonidan tasdiqlanmasa, ehtiyotkorlik bilan qaralishi kerak. Manbalar

Turkum:738-yilda vafot etganlar Turkum:Eronlik soʻfiy avliyolar