Abu Nasr Ahmad ibn Xotim al-Bohiliy (hijriy 231, milodiy 846-yilda vafot etgan) – arab tilida ijod qilgan shoir va olim.

Hayoti va faoliyati Abu Nasrning hayoti haqida maʼlumotlar juda kam. Al-Bohiliy nisbasi uning Najd qabilasiga mansubligini bildiradi. Uning bir qancha shogirdlari boʻlgan, ayniqsa, Abu al-Abbos Saʼlab ular orasida eng mashhurlaridan edi. Al-Bohiliyning asarlari sharqda Erongacha, gʻarbda al-Andalusgacha tarqalganDavid Larsen, 'Towards a Reconstruction of Abū Naṣr al-Bāhilī’s K. Abyāt al-maʿānī,' in Approaches to the Study of Pre-modern Arabic Anthologies, ed. by Bilal Orfali and Nadia Maria El Cheikh, Islamic History and Civilization: Studies and Texts, 180 (Leiden: Brill, 2021), pp. 37-83 , .. Abu Nasr oʻzining jiyani Abu Abdulloh Muhammad ibn Ziyod Ibn al-Aʼrobiyga nisbatan ochiq norozilik bildirgani haqida koʻplab rivoyatlar mavjud.

Ibn an-Nadimning „Kitob al-Fihrist“ asarida (taxminan 998-yilda yozilgan mashhur kitoblar katalogi) al-Bohiliyga nisbat berilgan bir qancha asarlar tilga olingan, biroq ularning hech biri bugungi kungacha asl shaklida yoki al-Bohiliy nomi bilan saqlanmagan. Unga nisbat berilgan bu asarlardan ayrimlari aslida al-Asmaʼiyning xuddi shu nomdagi avvalgi asarlarining al-Bohiliy tomonidan qayta ishlangan variantlari boʻlishi mumkinDavid Larsen, 'Towards a Reconstruction of Abū Naṣr al-Bāhilī’s K. Abyāt al-maʿānī,' in Approaches to the Study of Pre-modern Arabic Anthologies, ed. by Bilal Orfali and Nadia Maria El Cheikh, Islamic History and Civilization: Studies and Texts, 180 (Leiden: Brill, 2021), pp. 37-83 , ..

Manbalar

Turkum:846-yilda vafot etganlar