Svetlana Makarovič (1939-yil 1-yanvarda tugʻilgan) – sloveniyalik yozuvchi. Shuningdek, aktrisa, illyustrator va xonanda sifatida ham tanilgan. Koʻpincha „Sloveniya sheʼriyatining birinchi xonimi“ deb ataladi. Yosh avlodga moʻljallab yozilgan asarlari zamonaviy klassikaga aylangan va Sloveniya yoshlar adabiyoti tarixida alohida oʻrin egallagan. 2011-yilda Levstik mukofoti bilan taqdirlangan.

Biografiyasi Makarovič Ljubljana maktabgacha taʼlim tarbiyachilari uchun moʻljallangan oʻrta maktabni tamomlagan. 1960-yillarning boshlarida psixologiya, pedagogika, etnologiya va xorijiy tillar kabi turli gumanitar fanlarni oʻrganishni boshlagan. Shuningdek, turli kafelarda pianino chalgan va qisqa muddat davomida ehtiyojlmand bolalar uchun kotiba hamda oʻqituvchi boʻlib ishlagan. 1968-yilda Makarovič Teatr, radio, kino va televideniye akademiyasini tugatgan. Keyinchalik Ljubljana shahar teatrida hamda Sloveniya Milliy teatrida aktrisa sifatida faoliyat yuritgan. 1970-yildan buyon esa frilanser yozuvchi sifatida faoliyat olib bormoqda(Novak Popov: 2006) .

Ishlari Makarovič oʻz ijod namunalarini 1957-yildan boshlab jurnal va gazetalarda nashr ettira boshlagan. Uning birinchi sheʼri, „V črnem tlaku“ (), „Mlada pota“ jurnalida chop etilgan. U boshqa koʻplab nufuzli adabiy nashrlarda ham sheʼrlarini eʼlon qilgan, „Naša sodobnost“Pesem Midva, Naša sodobnost (1959)dLib Pesem Nokturno, Naša sodobnost (1959) dLib , „Tribuna“ (1951–hozirgacha)Makarovič, Lirika mladih, Tribuna: list slovenskih študentov, 1963, letnik 13, št. 19, Tribuna str. 6 dLib , „Problemi“ („Muammolar“, 1962, 1963)Makarovič, Pesmi, Problemi: revija za kulturo in družbena vprašanja, 1962/1963, letnik 1, št. 2, str. 156 dLib , Perspektive („Perspektivalar“, 1960–1964), Sodobnost („Zamonaviylik“, 1963–hozirgacha)Pesem Mlinska vešča, Sodobnost (1963–) dLib Dialog („Muloqot“) jurnallari shular jumlasidandir.

2012-yilning fevral oyida Svetlana Makarovič „Sneguročka“ nomli bir balladasini nashr ettirgan. U bolaligidanoq rus anʼanalariga katta qiziqish bildirgan.

Manbalar

Havolalar

Alojz Ihan, intervyü: Svetlana Makarovič, Sodobnost (1963-), 1996, letnik 44, številka 5

Vest, Denis pokora - Pogovorning pesnico Svetlano Makarovičdagi pisateljico, 2009