Abu al-Xattob Muslim ibn Muhriz (-yilda vafot etgan), shuningdek, Salm va Abdulloh deb ham ataladi, Arabistonning Makka shahrida ijod qilgan taniqli musiqachisi va qoʻshiqchi.

Asli fors millatiga mansub Abu al-Xattob Banu Abduddor yoki Banu Maxzum qabilasidan ozod qilingan qul boʻlgan. Otasi Kaʼba darvozabonlaridan edi. Ibn Muhriz musiqa boʻyicha dastlab Ibn Misjaddan, keyinchalik Azza al-Mayladan taʼlim olgan. Soʻngra tahsilini Eron va Suriyada davom ettirgan. Ibn Muhriz moxov kasalligidan aziyat chekkan, shu sababli omma oldida koʻp chiqish qilmaslikni afzal koʻrgan. Uning asarlarini, odatda, kanizak qul ijro etgan. Sogʻligidagi muammolar sababli Ibn Muhriz hech qachon Damashqdagi Umaviylar saroyida xizmat qilmagan bo'lishi mumkin, ammo X asr tarixchisi Masʼudiy tomonidan yozilgan maʼlumotlar uning xalifa Al-Volid II (743–744) hukmronligi davrida saroyda xizmat qilgan boʻlishi mumkinligini ko'rsatadi.

Manbalar

Turkum:Roshidun xalifaligiga tegishli qullar Turkum:8-asr qullari