Grace Llewellyn (1964-yil 18-martda tugʻilgan) – amerikalik pedagog, yozuvchi va nashriyotchi. U Lowry House Publishers nashriyotining asoschisi, Not Back To School Camp va The Hive: Self-Directed Learning for Teens loyihalarining asoschisi va direktori hisoblanadi.

Hayoti Grace Llewellyn 1964-yil 18-martda AQShning Idaho shtati, Boyse shahrida tugʻilgan. Uning onasi hamshira va otasi esa geolog-yozuvchi boʻlib, ularning besh farzand boʻlgan.

Grace Llewellyn 1986-yilda Karleton kollejini tamomlagan. Uch yil davomida oʻqituvchilik qilganidan soʻng, John Holtning ishlari bilan tanishib, taʼlimga boʻlgan yondashuvini qayta koʻrib chiqishga sabab boʻlganHome Education Association veb-sayti, Bell Mur maqolasi, 2022-yil 3-may.

1991-yilda The Teenage Liberation Handbook: How to Quit School and Get a Real Life and Education (Oʻsmirlik ozodlik qoʻllanmasi: Maktabni tashlab, haqiqiy hayot va taʼlim olish usullari) kitobini yozgan. Oʻsha paytda AQShning baʼzi shtatlarida uyda taʼlim olish qonunga zid ediEducation veb-sayti, Brett Schaeffer maqolasi, 2004-yil 1-mart.

Grace Teenage Liberation Handbook (Oʻsmirlik ozodlik qoʻllanmasi)ni oʻzining Lowry House Publishers nashriyotida nashr etgan.

1996-yilda mustaqil oʻrganuvchilar uchun Not Back to School lagerini tashkil qilgan. Lager 25 yildan ortiq vaqt davomida faoliyat yuritganGood Reads veb-sayti.

Asarlari The Teenage Liberation Handbook: How to Quit School and Get a Real Life and Education () Guerrilla Learning: How to Give Your Kids a Real Education With or Without School () (Amy Silver bilan hamkorlikda) 2001 Real Lives: Eleven Teenagers Who Donʼt Go to School Tell Their Own Stories () 1993, 2005 Freedom Challenge: African American Homeschoolers () 1996

Manbalar

Havolalar Not Back To School Camp veb-sayti.

Turkum:Amerikalik taʼlim yozuvchilari Turkum:1964-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Yoshlar huquqlari himoyachilari Turkum:Karleton kolleji bitiruvchilari